|
Issiqlik trassalari lotok(beton ariq)lari
|
bet | 7/8 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 2,74 Mb. | | #260663 |
Bog'liq HISOBOT NAMUNA (2) XUSNIDDINAKA16.Issiqlik trassalari lotok(beton ariq)lari
Lotokli temir-beton mahsulotlari turli xil vazifalarni bajaradigan quvur yo‘llar yotqizishga, elektr kabellar hamda elektrshinalarga mo‘ljallangan.
Kanallar va tonnellardan yerosti transport galereyalari hamda yo‘lovchi o‘tadigan joylarda ham foydalanish mumkin. Kanallar va tonnellar seysmiklik darajasi 7, 8 va 9 ball bo‘lgan xududlarda, cho‘kadigan zaminlarda, holati cho‘kmaydigan bo‘lgan oddiy yer sharoitlarida, yerosti suvlarining borligida ham, yo‘qligida ham ishlatish uchun loyihalangan. Lotok elementlaridan iborat yig‘ma temir-beton kanal va tonnellar 3.006.1-2.87 tizimining loyihasi bo‘yicha tayyorlanadi.
17.Irrigatsiya lotoklari
Temir-beton irrigatsion lotoklar Tsh 7.147:2007 hamda ShIFR20/1-16 ish chizmalari va qurilish materiallari va mahsulotlari sanoati majmuidagi amalda bo‘lgan boshqa me’yoriy hujjatlar bo‘yicha tayyorlanadi. Irrigatsion lotoklar beton mustahkamligining sinflanishi bo‘yicha V 22,5 (M 300)ga, armaturasi A240 (AI)ga, markasi STZ SP POST 5781ga muvofiq ishlab chiqariladi, sovutilgan holda tortilgan simining davriy profili esa, sinflanish bo‘yicha BP I GOST 6727. Betonning sovuqqa chidamlilik bo‘yicha markasi Mrz-200, suv o‘tkazmaslik bo‘yicha esa W4.
18.Yo‘l chekkasi (prikromochniy) lotoklari
Yo‘l chekkasi lotoklari yo‘ldan suvni chiqarib yuborish tizimidagi suv chiqaruvchi uskunalarning elementlarini o‘z ichiga oladi.
Yo‘l chekkasi lotoklari og‘ir betondan tayyorlanadi va yo‘l qurilishi bo‘yicha O’zDST 3028: 2015ning muhim elementlaridan hisoblanadi.
19.Og‘zi kengaytirilgan parabolik LR-6 lotoklar
Parabolik qirqimi LR6 bo‘lgan og‘zi kengaytirilgan lotoklar og‘ir betondan tayyorlanadi, betonining o‘rtacha mustahkamligi 2200-2500 kg/m^3ni tashkil qiladi, ular seysmikligi 8 ballgacha bo‘lgan tumanlardagi sug‘oriladigan dehqonchilik yerlaridagi sug‘orish tizimlarining yig‘ma tarqatuvchi kanallari uchun mo‘ljallanadi.
Ishlatilish sharoitiga qarab, temir-beton parabolik lotoklar quyidagi turlarga bo‘linadi:
LR- svayalarda quriladigan, tik tayanchlar va plita lotoklari.
LRG- zaminga yotqiziladigan lotoklar.
|
| |