13.4. Yog‘ochtting nuqsonlari
Yog ‘ ochning nuqsonlariga daraxt tanasining shakli о ‘ zgari shi, tuzilishi-
ning normal holatdan farqlanishi, biologik omillar ta’sirida buzilishi kiradi.
Yog‘ochning nuqsonlari uning sifatini pasaytiradi va ishlatish sohasini
chegaralaydi. Nuqsonlar quyidagicha: ko‘zlar,
yoriqlar, yog‘och tanasi
normal shakli
va tuzilishining buzilishi, rangining o ‘zgarishi, chirishi,
qurtlashivashu kabilar.
К о ‘г1аг - daraxt tanasidagi kesilgan shoxdan qolgan asos.
Daraxt
qancha sershox bo‘lsa, undan tayyorlangan yog‘och ham shunchalik ko‘zli
bo‘ladi. Ko‘zlar yog‘ochni qayta ishlashni qiyinlashtiradi va mexanik
xossalarini (cho‘zilish) yomonlashtiradi. Ko‘zlar
qirqimi doira, oval,
cho‘zinchoq shaklda bo‘ladi (13.3-rasm).
13.3-rasm. Yog‘och ko‘zlarining turlari.
a) sog'lomko ‘z; b) shoxsimonko ‘z; d) tushib ketadigan ко ‘z.
Yoriqlar
- ichki (m ag‘ziqurishi) vatashqiomillar (shamol, sovuq)
ta’sirida yog'ochning tolalari bo‘ylabyorilishi natijasidir. Ularning chatnoq,
ajroq, sovuqdan yorilish va qurib yorilish xillari bo‘ladi 13.4-rasm).
13.4-rasm. Yog‘och yoriqlari turlari.
a) xochsimon chatnoq; b) halqasimon ajroq; d) sovuqdan yorilish;
e) yoriqlar.
210
Chatnoq radial yo‘nalishda bo‘lib, yog‘och tanasining o ‘zagi orqali
o‘tadi. Oddiy chatnoq ko‘ndalang kesimdagi 1-2 yoriqlardan iborat, bitta
diametr bo‘ylab yo‘nalgan. Murakkab chatnoq ko‘ndalang kesimdagi 2 va
bir necha yoriqlardan iborat, bir-biriga nisbatan burchak ostida joylashadi.
Ajroq yog‘ochhing yillik halqa bo‘ylab yorilishi tolalarini buzadi, mahsulot
sifatini pasaytiracli.
Daraxt qattiq sovuq ta’sirida ochiq yoki yopiq shaklda bo‘ylama
yoriladi: yog‘och tabiiy yoki sun’iy quritilganda, yorilishi radial yo‘nalishda
bo‘ladi. Yoriqlar yog‘och buyum sifatini buzadi.