Bino va inshootlar




Download 12.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/81
Sana04.02.2023
Hajmi12.71 Mb.
#41000
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   81
Bog'liq
umk-loyihalash-lotin
8 MARUZA Ko’pyoqliklar haqida umumiy ma`lumotlar Ko’pyoqlar va, Akad yozuv 11-mavzu., qish, YANGI 2-kurs TEXNOLOGIK TA\'LIM Sirtqi...., harflar, proektnaya-kultura-studentov-v-kontekste-hudozhestvennogo-obrazovaniya, tasodifiy miqdorning sonli xarakteristikalari reja, C da massivlar, Pul massasi va pul agregatlari-fayllar.org, Mamtqulova Mamura Turdavoy, Taqriz, меҳиржон байрами, 9-sinf monit. 1-ch Buxoro tuman Xaydarova Iroda, baliqlardi aziqlandiriw h osiriw tabiyiy h jasalma aziqlardan paydalaniw
(yakkahol) loyihalar ishlab chiqiladi. 
Loyihalash ishlari odatda, ma’lum bir sohaga, ishlab chiqarish faoliyatiga 
yoki binolar turiga ixtisoslashgan loyihalash tashkilotlarida amalga oshiriladi. 
Loyihalash ishlarini bajarish uchun loyihaga buyurtma beruvchi tashkilot 
(buyurtmachi) bilan loyihachi tashkilot (bosh loyihachi) o‘rtasida tuziladigan 
shartnoma asos bo‘lib xizmat qiladi. Bosh loyihachi vazifasini, ko‘pincha, 
loyihaning texnologik echimlarini ishlab chiqadigan loyihalash tashkiloti bajaradi. 
Yirik korxonalar va inshootlarni loyihalashda bir qator loyiha materiallarini 
(qismlarini) bajarish uchun yordamchi loyihalash tashkilotlari (subpudratchi 
tashkilotlar) jalb qilinishi mumkin (15 va 16 - chizmalar). 
Loyihalash jarayonini boshlash uchun buyurtmachi tashkilot tomonidan bosh 
loyihachiga loyiha topshirig‘i beriladi. Loyiha topshirig‘ida loyihalanishi kerak 
bo‘lgan binoning vazifasi, o‘lchamlari to‘g‘risida ma’lumotlar, hududning geodezik 
plani, geologik va gidrogeologik sharoitlari to‘g‘risida tavsiflarni o‘z 
ichiga olgan pasporti hamda maxsus talablar (qavatlar soni, qurilish navbatlari va 
boshqa) keltiriladi. Topshiriqqa asosan loyihalash dasturi tuziladi. Unda binodagi 
xonalar ruyxati, maydonlari va loyihalanadigan bino va xonalarning hajmiy-plan
konstruktiv echim va me’moriy-badiiy echimlariga quyiladigan maxsus talablar 
keltiriladi.
Bundan tashqari loyiha topshirig‘iga loyihalanayotgan bino uchun zarur 
bo‘lgan elektr energiyasi, suv, gaz, issiqlik ta’minoti, oqova suvlarni ketkazish 
tarmoqlari, ekologiya, sanitar-gigiena, yong‘in xavsizligi, davlat avtomobil 
nazorati, avto yo‘l korxonalari tomonidan berilgan ulanish bo‘yicha texnik 
shartlar to‘g‘risida ma’lumotlar ilova qilinadi. Loyiha topshirig‘i buyurtmachi 
tashkilot tomonidan, odatda, loyihachilarni jalb qilgan holda tuziladi.
Korxonalar, binolar va inshootlarning loyihalari, qoidaga ko‘ra, bir yoki ikki 
bosqichda ishlab chiqiladi. Loyiha hujjatlarining necha bosqichda bajarilishi 
buyurtmachi tomonidan loyihalanadigan ob’ektning texnik jihatdan murakkablik va 
tiplashtirilganlik darajasiga bog‘liq holda loyiha topshirig‘ida belgilab beriladi. 
Yirik murakkab qurilish ob’ektlarini loyihalash ikki bosqichda bajariladi. 
Birinchi bosqichda loyiha va jamlanma smeta hisoblari,


11

Download 12.71 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   81




Download 12.71 Mb.
Pdf ko'rish