Bino va inshootlar




Download 12.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/81
Sana04.02.2023
Hajmi12.71 Mb.
#41000
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81
Bog'liq
umk-loyihalash-lotin
8 MARUZA Ko’pyoqliklar haqida umumiy ma`lumotlar Ko’pyoqlar va, Akad yozuv 11-mavzu., qish, YANGI 2-kurs TEXNOLOGIK TA\'LIM Sirtqi...., harflar, proektnaya-kultura-studentov-v-kontekste-hudozhestvennogo-obrazovaniya, tasodifiy miqdorning sonli xarakteristikalari reja, C da massivlar, Pul massasi va pul agregatlari-fayllar.org, Mamtqulova Mamura Turdavoy, Taqriz, меҳиржон байрами, 9-sinf monit. 1-ch Buxoro tuman Xaydarova Iroda, baliqlardi aziqlandiriw h osiriw tabiyiy h jasalma aziqlardan paydalaniw
1
5


12
16 - чизма.
ikkinchi bosqichda - ishchi hujjatlar va smetalar ishlab chiqiladi (16-chizma, A). 
Loyihalashning 
ikkinchi 
bosqichini 
bajarishga 
birinchi 
bosqich 
yakunlangandan so‘ng kirishiladi. Birinchi bosqichda tayyorlangan material 
lar (loyiha) ekspertiza qilish va tasdiqlash uchun bu ishga mas’ul tashkilotlarga 
taqdim etiladi. 


13
Loyihalashning birinchi (loyiha) bosqichida quyidagi materiallar ishlab 
chiqiladi: 
binoning plandagi kompozitsiyasini va konstruktiv sxemasini, xonalarning 
o‘lchamlari, ularning joylashishi va funksional bog‘lanishlarni aniqlash uchun barcha 
qavatlar planlari; 
binoning hajmiy tuzilishini va konstruktiv sxemasini aniqlash uchun etarli 
miqdorda qirqimlar; 
bino tashqi qiyofasini tasavvur qilish imkonini beruvchi bosh va yon fasadlar; 
murakkab hajmiy kompozitsiyali binolar uchun ko‘pincha perspektiva va maketlar 
qilinadi; 
qurilish rayonining tabiiy sharoitini tavsifi, yo‘llar tarmog‘i, yaqin orada 
joylashgan qurilish ob’ektlari ko‘rsatilgan situatsion plani; 
gorizont tomonlari, shamolning bosh yo‘nalishi, relefni aniqlovchi 
gorizontallar, loyihalayotgan bino va uchastka o‘lchamlari va chegaralari, yo‘llar, 
daraxtlar, ko‘kalamzorlar ko‘rsatilgan bosh plan; 
qurilish rayoni va uchastkasining sharoitlaridan kelib chiqqan holda qabul 
qilingan echimlarning asosnomasi va bayoni, binoda kechadigan funksional 
jarayonlarning talablari, hajmiy-plan, konstruktiv va badiiy echimlarning asosnomasi 
va bayoni, binodagi muxandislik jihozlari (isitish, shamollatish, suv ta’minoti, oqova 
ketkazish, elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, telefon, radiolashtirish tizimlari va 
boshqalar) ning tavsifi, bino pardozining tavsifi, qurilish va montaj ishlarini bajarish 
usullari hamda texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan tushuntirish yozuvi 
(izohnoma). 
Loyihalashning ikkinchi bosqichida ekspertizadan o‘tgan va tasdiqlangan 
loyiha asosida ishchi hujjatlar ishlab chiqiladi. Ishchi hujjatlar tarkibiga quyidagilar 
kiradi: bosh plan; barcha bir xil bo‘lmagan qavatlar planlari; binoning o‘ziga xos 
tomonlari bilan ajralib turadigan qismlari (har xil balandlik, xar xil zina qo‘llanilgan 
va shunga o‘xshash) bo‘yicha qirqimlar; barcha yig‘ma elementlar joylashish 
sxemasi, pardoz turi ko‘rsatilgan fasadlar; poydevor chizmalari (plan, qirqimlar
profillar); orayopma va boshqa yopmalar planlari (zavodda tayyorlangan elementlar 
joylashgan sxema); notipovoy konstruksiyalarning detallashtirilgan chizmalari; 
konstruksiyalarning murakkab birikish tugunlari uchun detallashtirilgan chizmalar; 
loyihada qo‘llanilgan zavodda tayyorlangan konstruktiv elementlarning olingan 
katologi ko‘rsatilgan ro‘yxatlari; qo‘llanilgan standartlarning ro‘yxati. 
Ishchi hujjatlar tarkibiga mustaqil qism sifatida binodagi muxandislik 
jihozlarining chizmalarini ham kiritiladi. 
Ishchi hujjatlarga kirgan chizmalar loyiha bosqichida bajarilgan chizmalarga 
nisbatan yirikroq masshtabda bajariladi. Agar loyiha bosqichida faqat asosiy 
o‘lchamlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, ishchi hujjatlar tarkibiga kirgan chizmalarda ularni 
to‘g‘ri tushunish uchun etarli darajada barcha o‘lchamlar qo‘yiladi. 
Bir bosqichda ishlab chiqiladigan loyiha-smeta hujjatlari qismlarining 
nomenklaturasi bajariladigan loyihalash ishlarining turiga (yangi qurilish ob’ektini 
loyihalash, mavjud qurilish ob’ektlarini kengaytirish, rekonstruksiya qilish yoki 
texnik jihatdan qayta jihozlash) bog‘liq bo‘ladi. 


14

Download 12.71 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81




Download 12.71 Mb.
Pdf ko'rish