Biolog 10 indd




Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/186
Sana13.05.2023
Hajmi6.63 Mb.
#59241
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   186
Bog'liq
biologiya 10 uzb
Kurs ishi1 surxandaryo, DVIGATELLARNING KO‘RSATKICHLARINI OSHIRISH USULLARI VA ULARNI RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI., Science and Human, ASIL ABBOS FERRARI, abdikerimova g operatsion sistemasi, axborotni muhofaza qilish, bayonnoma, Tahorat olinayotganida o\'qiladigan duolar, Scan 20230522 (2), REFERAT O\'ZI, Shaxsiy varaqa Mohicha, Документ Microsoft Word (3), Mehnat-oila tarbiyasinig sharti sifatida, Презентация давлат хукук тарихидан
2-rasm. Tiriklikning molekula darajasi.


14
15
Tirik materiyaning molekula darajasi qator biologik molekulalar – DNK, 
RNK, ATF, oqsillar, uglevodlar, lipidlar va boshqa murakkab birikmalar bilan 
birgalikda muayyan funksiyalarni bajaradigan majmualarini o‘rganadi.
Yirik molekulali organik moddalar o‘zaro bog‘liq tarkibiy qismlarga 
ega. Masalan, oqsillarning monomeri aminokislotalar bo‘lib, ular i-RNKda 
kodlangan irsiy axborot asosida belgilangan tartibda peptid bog‘lari orqali 
bog‘lanadi va oqsilning birlamchi strukturasi shakllanadi. Ribosomadan 
ajralgan oqsillar keyinchalik vodorod bog‘lari hisobiga ikkilamchi, oltingugurt 
bog‘lari orqali uchlamchi strukturaga ega bo‘ladi va muayyan vazifa (ferment, 
gormon)ni bajaradigan oqsil molekulasiga aylanadi.
Xuddi shuningdek, turli monomerlar tuzilishi bo‘yicha har xil, lekin mak-
romolekula tarkibida bir-biri bilan ki myoviy bog‘lar orqali birlashib, muay yan 
vazifalarni bajaruvchi yaxlit mo le kula (nuklein kislota, oqsil)larga aylanadi. 
Makromolekulalar tarkibida asosiy kimyoviy element sifatida uglerodning 
ishtiroki ularning tuzilishida umumiylik bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Uglerodning 
maxsus fi zik-kimyoviy xususiyatlari hisobiga yirik, murakkab va xilma-xil 
organik birikmalar yuzaga keladi. 
Makromolekulalarning noyob tuzilish xususiyati ularning bajaradigan 
biologik vazifalari bilan tavsifl anadi. Masalan, nuklein kislota molekulalari 
irsiy axborotni saqlash, irsiyatni keyingi avlodga o‘tkazish vazifasini bajaradi. 
Lipidlar hujayraning biologik membranasi, hujayra organoidlarining 
tuzilishida ishtirok etadi. Oqsillar hujayrada sodir bo‘ladigan barcha biokimyo viy 
jarayonlarni boshqarish va katalizator sifatida mazkur jarayonni jadal borishida 
ishtirok etadi. Fotosintez jarayonida quyoshning yorug‘lik energiyasi kimyoviy 
bog‘lar energiyasiga aylanishi natijasida uglevodlar hosil bo‘ladi va u barcha 
biologik molekulalarning tuzilishida birlamchi asos bo‘lib xizmat qiladi. 

Download 6.63 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   186




Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish