• II BOB. HAYOTNING MOLEKULA DARAJASIDAGI UMUMBIOLOGIK QONUNIYATLAR 3-§. HAYOTNING MOLEKULA DARAJASI VA UNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
  • Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar




    Download 6.63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/186
    Sana13.05.2023
    Hajmi6.63 Mb.
    #59241
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   186
    Bog'liq
    biologiya 10 uzb
    Kurs ishi1 surxandaryo, DVIGATELLARNING KO‘RSATKICHLARINI OSHIRISH USULLARI VA ULARNI RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI., Science and Human, ASIL ABBOS FERRARI, abdikerimova g operatsion sistemasi, axborotni muhofaza qilish, bayonnoma, Tahorat olinayotganida o\'qiladigan duolar, Scan 20230522 (2), REFERAT O\'ZI, Shaxsiy varaqa Mohicha, Документ Microsoft Word (3), Mehnat-oila tarbiyasinig sharti sifatida, Презентация давлат хукук тарихидан
    Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: 
    1-topshiriq. Hayotning har bir tuzilish darajasida amalga oshadigan jarayonlarni 
    yozing. 
    Darajalar 
    Komponentlar 
    Jarayonlar
    2-topshiriq. Ijodiy va mustaqil fi krlang va savolga javob bering.
    1. Tiriklikning turli tuzilish darajalariga ajratishning mohiyati nimada deb 
    o‘ylaysiz? Fikringizni asoslang. 
    2. Tiriklikning har bir darajasida sodir bo‘ladigan jarayonlarni aytib bering. 
    II BOB. HAYOTNING MOLEKULA DARAJASIDAGI 
    UMUMBIOLOGIK QONUNIYATLAR
    3-§. HAYOTNING MOLEKULA DARAJASI VA UNING 
    O‘ZIGA XOS JIHATLARI
    Ma’lumki, tirik organizmlar yaxlit sistema bo‘lib, ular organlar sistemasidan, 
    organlar sistemasi esa, organlardan, organlar to‘qimalardan, to‘qimalar esa 
    hujayralardan tuzilgan. Shu sababli, hujay ra tirik organizmlarning tuzi lish
    ko‘payish va funksional birligi sanaladi. Ti rik organizmlarga xos bo‘l gan hayotiy 
    jarayonlar aynan hujayralarda sodir bo‘ladi. Hu jayra va uning organoidlarida 
    boradigan hayotiy jarayonlar uning tarkibiga kiradigan or ganik birikmalarga 
    bog‘liq bo‘ladi. Mazkur organik birik ma larning molekula darajasida o‘rganili-
    shi hujayra, to‘qima, organ, organlar 
    sistemasi va organizmda sodir bo‘la-
    digan jarayonlarda ularning biologik 
    ahamiyatini tushunish imkonini be-
    radi (2-rasm).
    Hayotning molekula darajasi 
    Yerda hayotning paydo bo‘lishi va 
    rivojlanishining birlamchi asosi si-
    fatida o‘rgani lishi, shuningdek, tirik -
    lik ning keyingi darajalari bo‘lgan 
    hujayra, to‘qima, organ, organizm, 
    populatsiya va tur, bioge ose noz, 
    bios fe ra bilan o‘zaro aloqadorlik 
    va uzviy likni aniqlashda muhim 
    ahamiyat kasb etadi. Hayotni 
    molekula dara ja sida o‘rganishning 
    mohiyati tirik or ganizm hujayralarida 
    uch raydigan bio logik molekulalar, 
    ya’ni organik birikmalar: uglevod-
    lar, oqsillar, nuk lein kislotalar, 
    lipidlarning tu zilishi va ularning 
    biologik ahamiya tini aniqlash sa naladi.
    Molekula darajasida muhim biologik birikmalar (uglevodlar, oqsillar, 
    nuklein kislotalar, lipidlar)ning tirik organizmlarning o‘sishi, rivojlanishi, 
    irsiy axborotni saqlashi va avloddan avlodga o‘tkazishi, modda va energiya 
    almashinuvida tutgan o‘rni o‘rganiladi.
    Tirik organizmlarni o‘rganish da dastlab organik birikmalar, ular ishtirokida 
    boradigan reaksiyalar, fi zik-kimyoviy jarayonlarga e’ti bor qaratiladi. Mazkur 
    jarayon lar aniqlangandan so‘ng, tirik organizmlarda sodir bo‘ladigan 
    o‘zgarishlarning mohiyatini tushunish mumkin.
    Shuni qayd etish kerakki, makromolekulalarning tuzilishi va xususiyatlarini 
    bilish, ularni laboratoriya sharoitida o‘rganish biomolekulalar haqida to‘liq 
    tasavvurni hosil qilmaydi. Hayotning molekular darajasini o‘rganishda kimyo, 
    fi zika, informatika, matematika fanlarining kashfi yotlari va qonunlaridan 
    foydalaniladi. Hujayradan ajratib olingan makromolekulalar biologik 
    mohiyatini yo‘qotib, faqat fi zikaviy va kimyoviy xususiyatlarga ega bo‘ladi. 

    Download 6.63 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   186




    Download 6.63 Mb.
    Pdf ko'rish