Biologiya (2) — копия cdr




Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/192
Sana07.06.2024
Hajmi5,73 Mb.
#261392
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   192
Bog'liq
AXBOROT XAVFSIZLIGI

 
 
 
 
13-MAVZU: KOMPYUTER TARMOQLARI HAQIDA 
UMUMIY MA’LUMOT. MA’LUMOTLARNI UZATISH 
PROTOKOLLARI. ETHERNET. TCP/IP VA IEEE. 
KOMPYUTER TARMOQLARI VA ULARDA ISHLASH ASOSLARI 
Hozirgi kunda kompyuterlarni yagona tarmoqqa ulab, ular 
o'rtasida ma'lumot almashishni tashkil etish mumkin, Xo'sh, tarmoqning 
o'zi nima? Uning qanday turlari bor? Internet, intranet, elektron aloqa 
kabi tushunchalar nimani anglatishi, ularning texnik, dasturiy, axborotli 
ta'minotini nimalar tashkil qilishi, ularning yaratilishi va ishlashi, 
ahamiyatini anglash hamda bevosita ishlay olish ko 'nikmalariga ega 
bo'lish hozirgi jamiyatning har bir a'zosi uchun muhimdir. Ushbu bobda 
mazkur tushunchalar haqida atroflicha flkr yuritiladi,
Kompyuter tarmoqlari Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda 
foydalanish mumkin. Axborot almashish uchun magnit va kompakt 
disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy 
tarmoqqa ulanish kerak bo'ladi. 
Kompyuter (ing computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash 
Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan 
avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi 
atama. 
Kompyuterlarning o'zaro axborot almashish imkoniyatlarini 
beruvchi qurilmalar majmuyiga kompyuter tarmoqlari deyiladi. 
Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar 
va axborot ashyolariga bog'liq Axborot ashyolari deganda arxiv, 
kutubxona, fondlar, ma'lumotlar ombori va boshqa axborot tizim-
laridagi hujjatlar yig'indisi tushuniladi. 
Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga 
ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish 
mumkin. Kompyuterlarni tarmoqqa ulash usullari ko'rsatilgan. 
Kompyuterlar soniga qarab, tarmoqlar lokal, mintaqaviy va global 
tarmoqlarga bo'linadi. Lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir-biriga yaqin 
binolarda joylashgan kompyuterlarda o'zaro axborot almashish 
imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi. 
Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba'zan 
telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda 



Download 5,73 Mb.
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   192




Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish