KATSIYASI VA TARMOQ RESURSLARI.
Tarmoq operatsion tizimi Kompyuter tarmoqlarining paydo bo‘lish
sabablaridan biri resurslaridan hamkorlikda foydalanish, alohida
kompyuter imkoniyatini kengaytirishdir. Tarmoq orqali foydalanuvchilar
bir vaqtning o‘zida bir xil ma’lumot va fayl nusxalari, amaliy dasturlar
bilan ishlashi mumkin. Bu holat axborot tashuvchilardagi joyni tejaydi.
Bundan tashqari, printer, skaner, modem, lazer disklar majmuining
birgalikda ishlatilishi qo‘shimcha mablag’ni asraydi. Tarmoqdan
foydalanganda axborotni saqlash ishonchliligi ortadi, chunki juda oddiy
usulda qimmatli axborotlarni qayta nusxalash mumkin va alohida
foydalanuvchilar o‘rtasida axborot almashish engillashtiriladi. Tarmoq
foydalanuvchilar so‘rovini mujassamlashtiradi, bir vaqtning o‘zida
axborotdan ko‘plab mijozlar foydalanish imkonini beradi. Hozirgi kunda
kompyuterlarni yagona tarmoqqa ulab, ular o‘rtasida ma’lumot
almashishni tashkil etish mumkin. Xo‘sh, tarmoqning o‘zinima? Uning
qanday turlari bor? Internet, intranet, elertr onaloqa kabi tushunchalarni
manianglatishi, ularning texnik, dasturiy, axborotli ta’minotini nimalar
tashkil qilishi, ularning yaratilishi va ishlashi, ahamiyatini anglash hamda
bevosita ishlayolish ko‘nikmalariga ega bo‘lish hozirgi jamiyatning
harbir a’zosi uchun muhimdir. Kompyuterdan turli masalalarni hal
qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashish uchun magnit va
kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan
umumiy tarmoqqa ulanish kerak bo‘ladi. Jamiyatning hozirgi bosqichida
axborot texnologiyalarining rivojlanishini kompyuter tarmoqlari siz
tasavvur etib bo‘lmaydi. Kompyuter (hisoblash) tarmog’i — bu, aloqa
kanallari orqali yagona tizimga bog’langan kompyuter va terminallar
majmuasidir, ya’ni kompyuterlarning o‘zaro axborot almashish
imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuidir Tarmoqlarni turli
me’yorlarga ko‘ra sinflarga ajratish mumkin. Bular: 1) o‘tkazish qobiliyati,
ya’ni ma’lumotlarni tarmoqqa uzatish tezligiga muvofiq: - past 100 Kbit/
s gacha; - o‘rta 0,5-10 Mbit/s gacha; - yuqori 10 Mbit/s dan ortiq. 2) uzoq
kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik o‘lchoviga
muvofiq: - LAN ( Local-Area Network) lokal tarmoq (bir ofis, bino
ichidagi aloqa);
- CAN (Campus-Area Network) - kampus tarmoq, bir-biri bilan
telefon yoki modemlar bilan ulanish, ammo etarlicha bir-birlaridan
uzoqda joylashgan kompyuter lokal tarmoq; - MAN (Metropolitan-Area
Network) katta tezlik bilan aloqa uzatish (100 Mbit/s) imkoniyatiga, katta
radiusga (bir necha o‘n km) axborot uzatuvchi kengaytirilgan tarmoq; -
WAN (Wide-Area Network) keng masshtabli (mintaqaviy) maxsus
qurilma va dasturlar bilan ta’minlangan alohida tarmoqlarni
|