istalgan formatdagi fayllarni jo‘natish imkoniyati; xabarlarning yetarli
darajada tez va ishonchli yetkazib berilishi; foydalanishning osonligi va
hokazo.
Elektron pochtaning kamchiliklari: Spam (reklama va viruslarning
ommaviy ravishda tarqatilishi); xabar ba’zan bir necha kungacha
kechikib yetkazib berilishi ehtimoli; xabar hajmining chegaralanganligi,
pochta qutisiga begona odam kirib olsa, undan g‘arazli maqsadlarda
foydalish imkoniyati va hokazolar.
Hozirgi kunda kompyuterda ozmi-ko‘pmi ishlay oladigan har
qanday odam o‘ziga bepul elektron pochta qutisi ochib olib, undan
bemalol foydalanishi mumkin. Buning uchun elektron pochta xizmatini
taqdim etuvchi portallarning birida ro‘yxatdan o‘tish kifoya. Ro‘yxatdan
o‘tgach, internet tarmog‘iga ulangan har qanday kompyuter orqali
elektron pochta istagancha foydalanish mumkin. Bunday portallar juda
ko‘p.
Ularning eng mashhurlari quyidagilar:
http://mail.google.com
http://mail.yahoo.com
http://www.mail.ru
http://mail.yandex.ru
http://mail.rambler.ru