|
Biologiya (2) — копия cdr Pdf ko'rish
|
bet | 165/192 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 5,73 Mb. | | #261392 |
Bog'liq AXBOROT XAVFSIZLIGI
vaqtning o`zida bu kadrni qabul qiladi. Kadrning boshlang`ich
maydonning birida joylashgan manzilni vazifasini taxlil qiladilar va bu
manzil agar ularning shaxsiy manzili bilan mos tushsa, kadr tarmoq
adapterining ichki buferiga joylashadi. Shunday qilib, manzilchi -
kompyuter unga tegishli bo`lgan ma`lumotlarni oladi. Ayrim xollarda
ikkita yoki undan ortiq kompyuterlar, tarmoq bo`sh deb, axborotlarni
uzatadi, bunday holda tarmoq bo`yicha uzatilayotgan ma`lumotlarni
to`g`ri kelishiga to`sqinlik qiladi - bunday xolat kolliziya deb ataladi.
Ethernetning asosiy afzalligidan biri shundaki uning tejamkorligidir.
Bu tarmoqlarni tuzish uchun har bir kompyuter uchun bittadan
tarmoq adapteri va kerakli uzunlikdagi koaksial kabelli bitta fizik
segment kerak xalos. Bundan tashqari Ethernet tarmog`ida etarli
darajada muhitga kirish, manzilgoxlash va ma`lumotlarni uzatish
algoritmi oddiy tuzilgan, shuni ham aytish joizki Ethernet tarmog`ini
kengaytirilishi yaxshiligi, ya`ni yangi uzellarni ulashni engilligi uning
afzalligini yana bir bor oshiradi.
Kompyuter tarmog`ining strukturalari Lokal va global (katta)
tarmoqlarni strukturalashtirish sabablardan biri bu shundan iboratki, 10
– 30 dan ortiq kompyuterlar ko`pincha topologiyaning umumiy shina,
xalqa, aylana, yulduz turlarning biri bilan bog`lanadi. Bunday
bog`lanishda tarmoq kompyuterlari, boshqa kompyuterlarga kirishda
bir xil xuquqga ega bo`ladi.
Albatta bunday bir xil struktura kompyuterlarga xizmatni va tarmoq
ekspluatatsiyasini engillashtiradi. Biroq, katta tarmoqlarni tuzishda
aloqaning bir xil strukturasining afzalligi uning kamchiligiga aylanib
qoladi. Bunday tarmoqlarda namunaviy strukturani ishlatish turli
cheklanishlarga olib keladi:
* uzellar orasidan uzunlikni cheklash;
* tarmoqdagi uzel sonini cheklash;
* tarmoq uzellari bilan paydo bo`ladigan trafik intensivligini
cheklash. Masalani Ethernet texnolgiyasi bo`yicha ingichka koaksial
kabel bilan 185 metr uzunlikdagi kabelni ulaydi, unga 30 tadan ortiq
bo`lmagan kompyuterlar ulanadi. Biroq, agar kompyuterlar o`zaro
axborotlar bilan almashayotgan bo`lsa, ayrim hollarda kabelga ulangan
kompyuter sonini 20 gacha, yoki 10 taga kamaytiriladi; buning, sababli
har bir kompyuterga tarmoqning umumiy o`tkazuvchanlik qobiliyati
|
| |