16-MAVZU: YANGI ELEKTRON POCHTA YARATISH
YO‘LLARI, POCHTA RO‘YXATLARINI BOSHQARISH,
FAYLLARNI BIRIKTIRISH VA ULARNI FORMATLASH.
Rossiyadagi eng yirik bepul elektron pochta xizmati bo‘lmish
mail.ru portalida elektron pochta xizmatidan foydalanish asoslari bilan
tanishamiz.
1.
Brauzeringizda http://www.mail.ru veb sahifasiga o‘ting.
2.
Pochta qutisi ochish uchun oynaning chap tarafida joylashgan
(Pochtada ro‘yxatdan o‘tish) tugmasini bosamiz.
3.
(Yangi pochta qutisini ochish) sahifasi ochiladi. Bu sahifada yangi
ochilayotgan qutining egasi haqidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Bunda quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
Ismingiz – Familiyangiz –
tug‘ilgan kun, oy va yilingiz – siz yashaydigan shahar (to‘ldirish shart
emas). Shahar nomining dastlabki harflarini kiritishingiz bilan mayl.ru
xizmati bazasiga kiritilgan shaharni va davlatlarning to‘liq nomi taklif
qilib turiladi. Taklif qilingan shaharni tanlasangiz, matn bloki avtomatik
tarzda to‘ldiriladi.
Jinsingiz (Erkak yoki Ayol)– elektron pochta manzilingiz. Bu yerga
ismingizni yoki eslab qolish uchun oson bo‘lgan, tushunarli so‘z kiritish
tavsiya etiladi. Misol uchun, ismingiz
Ibrohim
bo‘lsa, I
ibrohimjon@mail.ru yoki ibrohim82@bk.ru kabi manzillarni tanlashingiz
mumkin. Xullas, pochta qutisining nomi avvalo yozish uchun qulay
(ayniqsa, qo‘l telefoni klaviaturasida), esingizdan chiqib qolmaydigan,
tushunarli, ma’no-mazmunga ega bo‘lgan so‘z yoki jumla bo‘lishi kerak.
Elektron pochtangiz uchun kalit so‘z. Parol imkon qadar esingizdan
chiqmaydigan, birov topa olmaydigan, har qanday klaviaturada
(ayniqsa, qo‘l telefoni klaviaturasida) ham tersa bo‘ladigan harf va
raqamlar to‘plami bo‘lishi kerak.parolni takroran yozing (aniqlik uchun).
qo‘l telefoningizning raqami. Bu narsa parol esingizdan chiqib qolsa, uni
SMS xabar yordamida tiklash uchun kerak. Biroq, telefon raqamingizni
|