Biologiya (2) — копия cdr




Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/192
Sana07.06.2024
Hajmi5,73 Mb.
#261392
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   192
Bog'liq
AXBOROT XAVFSIZLIGI

 
 
 
 
19-MAVZU: VIRUSGA QARSHI HIMOYA 
TEXNOLOGIYALARI. ELEKTRON POCHTA VA INTERNET 
XAVFSIZLIGI. TARMOQLARARO HIMOYA 
EKRANI(FIREWALLS). KRIPTOGRAFIK XAVFSIZLIK 
VOSITALARI. 
REJA 
1.
Axborot xavfsizligi muammosi 
2.
Fakt va raqamlar. 
3.
Axborot xavfsizligini ta'minlash yo‘nalishlari 
4.
Amaliy tavsiyalar 
5.
Simmetrik va nosimmetrik kriptografik tizimlar 
6.
Kriptotizimlar 
asosida 
tuzilgan 
aloqa 
tarmog'ida 
foydalaniladigan kalitlar soni. 
7.
Simmetrik va nosimmetrik kriptotizimlardan birga foydalanish 
amaliyoti. 
1. Axborot xavfsizligi muammosi 
Internet texnologiyalarining yaratilishi turli manbalardan tez va 
oson yo'l bilan axborot olish imkoniyatlarini hamma uchun-oddiy 
fuqarodan tortib yirik tashkilotlargacha misli ko'rilmagan darajada 
oshirib yubordi. Davlat muassasalari, fan-ta'lim muassasalari, tijorat 
korxonalari va alohida shaxslar axborotni elektron shaklda yaratib-
saqlay boshladilar. Bu muhit avvalgi fizikaviy saqlashga nisbatan katta 
qulayliklar tug'diradi: saqlash juda ixcham, uzatish esa bir onda yuz 
beradi va tarmoq orqali boy ma'lumotlar bazalariga murojaat qilish 
imkoniyatlari juda keng. Axborotdan samarali foydalanish imkoniyatlari 
axborot miqdorining tez ko'payishiga olib keldi. Biznes qator tijorat 
sohalarida bugun axborotni o'zining eng qimmatli mulki deb biladi. Bu 
albatta ommaviy axborot va hamma bilishi mumkin bo'lgan axborot 
haqida gap borganda o'ta ijobiy hodisa. Lekin pinhona(konfidentsial) va 
maxfiy axborot oqimlari uchun Internet texnologiyalari qulayliklar bilan 
bir qatorda yangi muammolar keltirib chiqardi. Internet muhitida 
axborot xavfsizligiga tahdid keskin oshdi: 



Download 5,73 Mb.
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   192




Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish