|
Biologiya (2) — копия cdr Pdf ko'rish
|
bet | 182/192 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 5,73 Mb. | | #261392 |
Bog'liq AXBOROT XAVFSIZLIGI
Bunday parol qo'lga kirishi bilan kompyuterga odatdagi
foydalanuvchi kabi kompyuterga va tarmoqqa bildirmay kirishning turli
usullaridan foydalanadilar. Garchi bu vosita niyati buzuq kimsalar
tomonidan ishlatilsa ham bu tizim administratori uchun ham foydalidir.
Tizim administratorlari davriy tarzda bunday dasturlarni o'zlarining
shifrlangan fayllariga nisbatan o'z vaqtida bardoshi bo'sh parollarni
o'zlari topib tegishli chora ko'rib qo'yishlari lozim.
Jangovor muloqot o'rnatuvchilar(war dialer)ga nisbatan ziyrak
bo'lish lozim. Foydalanuvchilar ko'pincha tashkilot tarmog'i himoyasi
vositalarini chetlab o'tib o'z kompyuterlariga keladigan telefon
qo'ng'iroqlari qabul qilib olishga ruxsat beradilar. Ular ba'zan Ishdan
qaytish oldidan modemni ulab kompyuterni uydan turib modem orqali
unga ulanib tarmoqdan foydalanishni ko'zlab o'z dasturlarini shunga
sozlab ketadilar. Tajovuzkorlar jangovar muloqot o'rnatuvchi
dasturlardan foydalanib ko'plab telefon nomerlariga qo'ng'iroq qilib
ko'radilar va shu tariqa chetdan modem orqali kirishga yo'l qoldirgan
bunday tarmoqlarga suqulib kirib tajovuz uyushtiradilar.
Foydalanuvchilar
ko'pincha
o'z
kompyuterlarini
o'zlari
konfiguratsiyalashlari tufayli bunday kompyuterlar tajovuzlardan yomon
himoyalangan bo'ladilar va tarmoqqa tajovuz qilishga yana bitta
imkoniyat tug'diradilar. Tizim administratorlari jangovor muloqot
o'rnatuvchilardan muntazam suratda foydalanib o'z foydalanuv-
chilarining telefon raqamlarini tekshirib turishlari va unga mos qilib
konfiguratsiyalangan kompyuterlarni o'z vaqtida topib chorasini
ko'rishlari lozim. Tijoratli va bepul tarqaltiladigan jangovor muloqot
o'rnatuvchi dasturlar mavjud.
Xavfsizlikka oid tavsiyalar (security advisories)dan o'z vaqtida
xabordor bo'lib, ularga amal qilish lozim. Xavfsizlikka oid tavsiyalar –
kompyuter jinoyatlariga qarshi kurash guruhlari va dastur ishlab
chiqaruvchilar tomonidan yaqin orada payqalgan dasturning qaltis
joylari haqida e'lon qilinadigan ogohlantirishlar. Tavsiyalar juda foydali
bo'lib, o'qish uchun juda kam vaqt oladi va payqab qolingan qaltis joylar
tufayli yuzaga kelishi mumkin bo'lgan eng jiddiy xavf-xatarlardan ogoh
etadi. Ular xavf-xatarni ifodalab uning oldini olish uchun maslahatlar
beradi. Ularni qator joylardan olish mumkin. Ikkita eng foydali bo'lgan
tavsiyalar kompyuter jinoyatlariga qarshi kurash guruhi e'lon qilib
turadigan tavsiyalar bo'lib CIAC va CERT saytlaridan olish mumkin.
|
| |