Biologiya (2) — копия cdr




Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/192
Sana07.06.2024
Hajmi5,73 Mb.
#261392
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   192
Bog'liq
AXBOROT XAVFSIZLIGI

 
 
 
 
Xavfsizlik bilan bog'liq hodisalarni tekshirish guruhi muntazam 
faoliyat olib borishi lozim. Har qanday tarmoqda ham xavfsizlik billan 
bog'liq hodisalar sodir bo'lib turadi(yolg'on trevoga bo'lsa ham).
Tashkilot xizmatchilari avvaldan u yo bu holda nima qilishni 
bilishlari shart. Qaysi hollarda huquqiy-himoya organlariga murojaat 
qilish kerak, qaysi hollarda kompyuter jinoyatlariga qarshi kurash 
guruhini chaqirish va qaysi hollarda tarmoqni Internetdan uzib qo'yish 
kerak va ahamiyatli serverning qulfi buzilganda nima qilish kerak. CERT 
AQSH doirasida bu borada maslahatlar beradi. FedCIRC AQSH jamoat 
va davlat tashkilotlariga maslahatlar berish uchun mas'uldir. Harbir 
davlatda bunday maslahat olish joylari bo'lishi maqsadga muvofiqdir. 
Kompyuter tajovuzlariga oid qo'shimcha ma'lumotlar tajovuz 
uyushtirish mo'ljallangan ayrim dasturlarga bag'ishlangan quyidagi 
maqola dan topilishi mumkin. 
Kompyuter xavfsizligi bo'yicha umumiy axborot quyidagi 
manzillardan olinishi mumkin: 
NIST Computer Security Resource Clearinghouse 
Federal Computer Incident Response Capability 
Center for Education and Research in Information Assurance and 
Security 
Carnegie Mellon Emergency Response Team 
Bugungi kunda axborot xavfsizligini ta'minlashda an'anaviy 
qo'llanilib kelingan yondoshuvlar va vositalar yetarli bo'lmay qoldi. 
Bunday sharoitda axborot himoyasining eng ishonchli va sinalgan usuli 
bo'lgan kriptografiyaning ahamiyati yanada oshdi. Quyida Internet va 
Intranetda axborot himoyasining kriptologiya yo'nalishi haqida batafsil 
to'xtalamiz. 
5. SIMMETRIK VA NOSIMMETRIK KRIPTOGRAFIK TIZIMLAR 
Kriptografik tizim, yo qisqacha, kriptotizim shifrlash ham shifrni 
ochish algoritmlari, bu algoritmlarda ishlatiladigan kalitlar, shu kalitlarni 
boshqaruv tizimi hamda shifrlanadigan va shifrlangan matnlarning 
o'zaro bog'langan majmuasidir. 
Kriptotizimdan foydalanishda matn egasi shifrlash algoritmi va 
shifrlash kaliti vositasida avvalo dastlabki matnni shifrlangan matnga 
o'giradi. Matn egasi uni o'zi foydalanishi uchun shifrlagan bo'lsa (bunda 
kalitlarni boshqaruv tizimiga hojat ham bo'lmaydi ) saqlab qo'yadi va 



Download 5,73 Mb.
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   192




Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish