Biologiya (2) — копия cdr




Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/192
Sana07.06.2024
Hajmi5,73 Mb.
#261392
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   192
Bog'liq
AXBOROT XAVFSIZLIGI

 
 
 
 
himoyaning ajralmas qismidir. Ular kompyuter ishini nazorat qilib zarar 
keltiruvchi dasturlarni topib beradilar. Ular tufayli yuzaga keladigan 
yagona muammo shundaki, himoya maksimal samara berishi uchun ular 
tarmoqning barcha kompyuterlariga o'rnatilgan bo'lishlari va muntazam 
yangilanib turilishlari shart. Buning uchun ko'p vaqt ketadi, lekin aks 
holda vosita kutilgan samarani bermaydi. Kompyuterdan foydalanuv-
chilarga buni qanday amalga oshirishni o'rgatib qo'yish kerak, ammo 
faqat ularga bu ishni to'la topshirib qo'ymaslik zarur. Virusga qarshi 
dasturlar bilan bir qatorda pochta serverida elektron xatlarga ilovalarni 
skanerlash ham lozim. Bu yo'l bilan foydalanuvchilar kompyuteriga yetib 
borishi mumkin bo'lgan viruslarning yo'li to'siladi. 
Bardoshi bo'sh joylarni skanerlab turish lozim. Bunday skanerlovchi 
dasturlar aniq biror turdagi tajovuzlarga qaltis (bardoshi bo'sh) 
kompyuterlarni topish uchun tarmoqni skanerlaydi. Ular qaltis joylar 
haqida kattagina ma'lumotlar bazasiga ega bo'lib, undan u yo boshqa 
kompyuterda qaltis joy bor-yo'qligini topishda foydalaniladi. Tijoratli va 
bepul skanerlar mavjud. Tizim administratorlari davriy tarzda bunday 
dasturlarni o'zlarining tarmoqlariga nisbatan o'z vaqtida bardoshi bo'sh 
kompyuterlarni o'zlari topib tegishli chora ko'rib qo'yishlari lozim. 
Alohida qurilmalarni himoyasidagi zaif bo‘g‘inlarni payqab olish 
uchun qaltislik darajasini baholash lozim. 
Tarmoq topologiyasini aniqlash va port skanerlarini ishga solib 
turish lozim. Bunday dasturlar tarmoq qanday tuzilganligi, unda qanaqa 
kompyuterlar ishlashi, har bir mashinada qanday xizmatlar bajarilishii 
haqida to'la manzarani ochib beradi. Hujumkorlar bu dasturlarni qaltis 
kompyuterlar va dasturlarni aniqlash uchun ishga soladilar. Tarmoq 
administratorlari ham bunday dasturdan ularning tarmoqlarida qanday 
dasturlar qaysi kompyuterlarda ishlayotganini aniqlashtirish uchun 
foydalanadilar. Noto'g'ri konfiguratsiyalangan kompyuterlarni topib 
ularga tuzatishlar kiritish uchun bu yaxshi vositadir. 
Parol ochuvchilar (Password Crackers)ni ishlatib turish lozim.
Xakerlar ko'pincha parollar bilan shifrlangan fayllarni o'g‘irlash 
uchun kompyuterlarning bardoshi bo'sh joylaridan foydalanishga 
intiladilar.
So'ngra parol ochuvchi maxsus dasturlarni ishga soladilar va ular 
orqali shu shifrlangan fayllardagi bardoshi bo'sh parollarni topib 
oladilar.



Download 5,73 Mb.
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   192




Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish