|
Biologiya (2) — копия cdr Pdf ko'rish
|
bet | 179/192 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 5,73 Mb. | | #261392 |
Bog'liq AXBOROT XAVFSIZLIGI
qilishlari lozimki, kutilgan himoya darajasi hamma yerda bir xil amalga
oshsin. Siyosatning eng ahamiyatli tomoni brandmauerlar orqali
o'tkaziladigan trafiklarga yagona talab ishlab chiqilishidir. Shuningdek
siyosat tarmoqda qaysi himoya vositalari (masalan, tajovuzlarni payqash
vositalarimi yoki qaltis joylar skanerlarimi)va ular qanaqa ishlatilishi
lozimligini belgilashi, yagona xavfsizlik darajasiga erishish uchun
kompyuterlarning har xil turlari uchun standart xavfsiz konfiguratsiyalar
belgilanishi shart.
Brandmauer (Tarmoqlararo ekran, inglizcha-firewalls,) qo'llash
lozim. Bu tashkilotning eng asosiy himoya vositasidir. Tarmoqqa
kiruvchi, undan chiquvchi trafik(axborot oqimi)ni nazorat qiladi. U
trafikning biror turini to'sib qo'yishi yo tekshirib turishi mumkin. Yaxshi
konfiguratsiyalangan
bradmauer
kompyuter
tajovuzlarining
ko'pchiligini qaytarishi mumkin. brandmauerlar, intellektual kartalar va
boshqa texnikaviy-dasturiy himoya vositalaridan oqilona foydalanish
lozim.
Brandmauer va WWW-serverlarni ularning ishini to'xtatib qo'yish
tahdidlariga qarshi bardoshliligini testdan o'tkazib turish lozim.
Internetda kompyuterning ishini to'xtatib qo'yishga yo'naltirilgan
tajovuzlar tarqalgan. Tajovuzkorlar doimo WWW-saytlarni ishdan
chiqaradilar, kompyuterlarni ortiq vazifalar bilan yuklab qo'yadilar yoki
tarmoqlarni ma'nosiz paketlar bilan to'ldirib tashlaydilar. Bu turdagi
tajovuzlar juda jiddiy bo'lishi mumkin, ayniqsa tajovuzkor davomli
tajovuzlarni uyushtirish darajasida aqlli bo'lsa. Chunki buning manbaini
topib bo'lmaydi. Xavfsizligi haqida qayg'iruvchi tarmoqlar bunday
tajovuzlardan ko'riladigan zararni chamalab ko'rish uchun o'zlariga
o'zlari tajovuzlarni uyushtirishlari mumkin. Bunday tahlillarni faqat katta
tajribaga ega tizim administratorlari yoki maxsus maslahatchilar
o'tkazishi maqsadga muvofiq.
Kriptotizimlardan keng foydalanish lozim. Tajovuzkorlar ko'pincha
tarmoqqa uning ahamiyatga molik joylaridan o'tuvchi trafigini tinglash
orqali trafikdan foydalanuvchilarni va ularning parollarini ajratib olish
yordamida suqulib kiradilar. Shuning uchun olisdagi mashinalar bilan
bog'lanishlar parol bilan himoyalanganda shifrlanishi shart. Bu ayniqsa,
bog'lanish Internet kanallari orqali amalga oshirilganda yoki ahamiyatli
server bilan bog'lanilganda zarur. TCP/IP (eng mashhuri SSH) trafigini
shifrlash uchun tijoratli va bepul dasturlar mavjud. Bulardan foydalanish
|
| |