|
Biologiya (2) — копия cdr Pdf ko'rish
|
bet | 184/192 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 5,73 Mb. | | #261392 |
Bog'liq AXBOROT XAVFSIZLIGI
kerakli vaqtda shifrlangan matnni ochadi. Ochilgan matn asli (dastlabki
matn)ga aynan bo'lsa saqlab qo'yilgan axborotning butunligiga ishonch
hosil bo'ladi. Aks holda axborot butunligi buzilgan bo'lib chiqadi. Agar
shifrlangan matn undan qonuniy foydalanuvchiga (oluvchiga)
mo'ljallangan bo'lsa u tegishli manzilga jo'natiladi. So'ngra shifrlangan
matn oluvchi tomonidan unga avvaldan ma'lum bo'lgan shifr ochish
kaliti va algoritmi vositasida dastlabki matnga aylantiriladi.
Bunda kalitni qanday hosil qilish, aloqa qatnashchilariga bu kalitni
maxfiyligi saqlangan holda yetkazish, va umuman, ishtirokchilar orasida
kalit uzatilgunga qadar xavfsiz aloqa kanalini hosil qilish asosiy
muammo bo'lib turadi. Bunda yana boshqa bir muammo – autentifi-
katsiya muammosi ham ko'ndalang bo'ladi. Chunki:
Dastlabki matn(xabar) shifrlash kalitiga ega bo'lgan kimsa
tomonidan shifrlanadi. Bu kimsa kalitning haqiqiy egasi bo'lishi ham,
begona (mabodo kriptotizimning siri ochilgan bo'lsa) bo'lishi ham
mumkin.
Aloqa ishtirokchilari shifrlash kalitini olishganda u chindan ham shu
kalitni yaratishga vakolatli kimsa tomonidan yo tajovuzkor tomonidan
yuborilgan bo'lishi ham mumkin.
Bu muammolarni turli kriptotizimlar turlicha hal qilib beradi.
Kriptotizimda axborotni shifrlash va uning shifrini ochishda
ishlatiladigan kalitlarning bir-biriga munosabatiga ko'ra ular bir kalitli va
ikki kalitli tizimlarga farqlanadilar. Odatda barcha kriptotizimlarda
shifrlash algoritmi shifr ochish algoritmi bilan aynan yo biroz farqli
bo'ladi. Kriptotizimning ta'bir joiz bo'lsa "qulfning" bardoshliligi algoritm
ma'lum bo'lgan holda faqat kalitning himoya xossalariga, asosan kalit
axborot miqdori(bitlar soni)ning kattaligiga bog'liq deb qabul qilingan.
Shifrlash kaliti shifr ochish kaliti bilan aynan yo ulardan biri asosida
ikkinchisi oson topilishi mumkin bo'lgan kriptotizimlar simmetrik
(sinonimlari: maxfiy kalitli, bir kalitli) kriptotizim deb ataladi.
Bunday kriptotizimda kalit aloqaning ikkala tomoni uchun bir xil
maxfiy va ikkovlaridan boshqa hech kimga oshkor bo'lmasligi shart.
Bunday tizimning xavfsizligi asosan yagona maxfiy kalitning himoya
xossalariga bog'liq.
Simmetrik kriptotizimlar uzoq o'tmishga ega bo'lsa-da, ular asosida
olingan algoritmlar kompyuterlardagi axborotlarni himoyalash zarurati
tufayli ba'zi davlatlarda standart maqomiga ko'tarildilar. Masalan,
|
| |