|
Biologiya (2) — копия cdr Pdf ko'rish
|
bet | 185/192 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 5,73 Mb. | | #261392 |
Bog'liq AXBOROT XAVFSIZLIGI
AQSHda ma'lumotlarni shifrlash standarti sifatida 56 bitli kalit bilan
ishlaydigan DES(Data Encryption Standart) algoritmi 1977 yilda qabul
qilingan. Rossiya(sobiq SSSR)da unga o'xshash standart (GOST 28147-
89) sifatida 128 bitli kalit bilan ishlaydigan algoritm 1989 yilda
tasdiqlangan. Bular dastlabki axborotni 64 bitli bloklarga bo'lib alohida
yoki bir-biriga bog'liq holda shifrlashga asoslanganlar. Algoritmlarning
matematikaviy asosida axborot bitlarini aralashtirish, o'rniga qo'yish,
o'rin almashtirish va modul bo'yicha qo'shish amallari yotadi. Unda
kirish va chiqishdagi matnlarning axborot miqdorlari deyarli bir xil
bo'ladi.
Simmetrik kriptotizimni ishlashini bu kungi davrimizning Kumush
va Otabeklari orasida elektron maktublar almashish misolida ko'rib
chiqamiz. pinhona aloqaga nisbatan tajovuzkor shaxsni Homid deb
ataymiz.
Faraz qilaylikki, Otabek Kumushga pinhona maktub yo'llamoqchi.
Ular orasida aloqa boshlanguncha o'zlarining yagona o'zaro maxfiy
kalit K nusxalarini bir-birlariga berib, maktubni faqat shifrlangan shaklda
yuborishga kelishib qo'ygan edilar. Otabek Kumushga m maktubini
yozib, uni K kaliti bilan shifrlaydi. Natijada m maktubi shifrlangan matn
C ga aylanadi. So'ngra Otabek shifrlangan maktubni elektron pochta
orqali Kumushga jo'natadi. Kumush shifrlangan maktub C ni qabul qilib
olgach uni o'zidagi o'zaro maxfiy kalit K bilan uning shifrini ochib
Otabek yozgan m maktubiga aylantirib uni o'qiydi.
20-MAVZU: RAQAMLI IMZO. ELEKTRON RAQAMLI
IMZO TUSHUNCHASI (ERI). ERINI TEXNIK, TASHKILIY
VA HUQUQIY QO‘LLAB-QUVVATLASH
O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi
Qonuniga muvofiq, elektron raqamli imzo — elektron hujjatdagi
mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq
kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil
qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida
elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron
raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini
beradigan imzo.
|
| |