|
Biologiya (2) — копия cdr Pdf ko'rish
|
bet | 186/192 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 5,73 Mb. | | #261392 |
Bog'liq AXBOROT XAVFSIZLIGI
Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti — elektron raqamli imzo
vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qo‘yuvchi
shaxsning o‘ziga ma’lum bo‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli
imzoni yaratish uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi.
Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti — elektron raqamli imzo
vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli
imzoning yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday
foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron
raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan belgilar
ketma-ketligi.
Mazkur Qonunga ko‘ra elektron raqamli imzodan foydalanish
sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan organ amalga
oshiradi.
Aloqa,
axborotlashtirish
va
telekommunikatsiya
texnologiyalari
sohasida
O‘zbekiston
Respublikasi
aloqa,
axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat
qo‘mitasi ERIni ro‘yxatga oluvchi vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Mazkur vazifa Qo‘mita tizimidagi «UNICON.UZ» – Fan-texnika va
marketing tadqiqotlari markazi Davlat unitar korxonasi qoshidagi
Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazi tomonidan
amalga oshiriladi.
Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazi elektron
raqamli imzoning ochiq kalitlari va shifrlash sertifikatlaridan quyidagi
maqsadlarda foydalanishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan:
- uzatiladigan elektron hujjatlar va ommaviy axborot resurslarining
butunligini, shuningdek ularning ishonchli autentifikatsiya qilinishini
nazorat qilish;
- axborot o‘zaro hamkorligi sub’ektlarining yuridik jihatdan
ahamiyatli elektron identifikatsiyalash tizimini yaratish;
- tizim sub’ektlarining axborot o‘zaro ishlashida xavfsizlik va
foydalana olishning ajratilishini ta’minlash;
- axborot o‘zaro hamkorligi sub’ektlarining elektron raqamli imzo
kalitlarini boshqarish tizimini yaratish.
Kalitlarni ro‘yxatga olish markazi «Elektron raqamli imzo
to‘g‘risida»gi Qonun talablariga muvofiq vazifa va funksiyalarni
bajaradi.
|
| |