|
Biologiya (2) — копия cdr Pdf ko'rish
|
bet | 160/192 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 5,73 Mb. | | #261392 |
Bog'liq AXBOROT XAVFSIZLIGI
Yulduzsimon bog’lanishda markaziy kompyuter mavjud bo‘lib,
unga qolgan barcha kompyuterlar boglangan bo‘ladi. Yulduzcha
topologiyaga ega tarmoqlar markaziy tugunga ega (kommutator yoki
kontsentrator). Mazkur markaziy tugunga barcha qolgan kompyuterlar
ulanadi. Dastlab uzatilgan xabar ana shu qurilmaga kelib tushadi, so‘ng
boshqa kompyuterlarga uzatiladi. Bog’lash uchun qo‘llaniladigan
kabellar uzatish muhiti deb yuritiladi. Kabellarasosanuchgabo‘linadi: -
koaksial kabellar (coaxial cable), ular televizion antennaga juda o‘xshash.
O‘tkazish tezligi: 10 Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil
qilishda foydalaniladi. -juftli o‘ram kabellari (tvisted pair) telefon simini
eslatadi. O‘tkazish tezligi: 100 Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni
hosil qilishda foydalaniladi - optiktolali kabel (fider-optic cable). Eng
ishonchli va tez, shu bilan birga juda qimmat kabel turi. Oralig’i 100 km
masofadagi tarmoq uchun qo‘llaniladi. O‘tkazish tezligi: 2 Gbit/sek.
hajmdagi protokollarni (bayonoma) bilish kerak.
Uchinchi qatlam - tarmoqning dastur platformasini tashkil etadigan
operatsion tizimdir. Tarmoqni loyixalashda joriy operatsion tizim
boshqa tarmoq OTlar bilan ishlash jarayonida ma`lumotlarni xafsizligi va
ximoyalanganligi qay darajada ta`minlanishi foydalanuvchilar sonini
ko`paytira olishini, uni boshqa turdagi kompyuterga o`tkazish
mumkinligini hisobga olish lozim.
To`rtinchi qatlam - tarmoq vositalarining eng yuqori qatlami bo`lib,
unga tarmoq ilovalar - tarmoq ma`lumotlar bazasi, ma`lumotni
arxivlashtirish vositalari pochta bazalari va b.k. kiradi. Bularni ishlatishda
ularning imkoniyat diapozonining, shuningdek boshqa tarmoq ilovalari
va operatsion tizimlari bilan moslashuvchanligini bilish juda muhim.
Hisoblash tarmoqning dasturiy taminoti o`zining tarkibiga ko`ra
turli- tumanligi bilan farqlanadi.
Dasturiy ta`minot axborotlarni qayta ishlashda programmalash
jarayonini avtomatlashtiradi, shuningdek rejalashtirish, telekom-
munikatsion, hisoblash va tarmoq informatsion resurslariga murojaat
ilishni, foydalanuvchilar talabini qoniqtira olish, resurslarni dinamik
taqsimlanish va qayta taqsimlanishlarda tezkorlikni oshirish kabilarni
amalga oshirib beradi. Tarmoqning dasturiy ta`minoti quyidagilarga
bo`linadi:
|
| |