Biologiya (2) — копия cdr




Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/192
Sana07.06.2024
Hajmi5,73 Mb.
#261392
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   192
Bog'liq
AXBOROT XAVFSIZLIGI

 
 
 
 
xavfsizligini ta'minlash kabi muhim vazifalarni amalga oshiruvchi 
dasturlar majmuyidan iborat. 
Internetning axborotli qismi internet tarmog'ida mavjud bo'lgan 
turli elektron hujjat, grafik, rasm, audioyozuv, videotasvir va h.k. lar 
ko'rinishidagi axborotlar majmuyidan tashkil topganxiJlar butun tarmoq 
bo'ylab taqsimlanishi mumkin. Masalan, siz kompyuteringizda 
o'qiyotgan elektron darslikning matni bir manbadan, undagi rasmlar va 
tovush ikkinchi manbadan, videotasvir va izohlar uchinchi manbadan 
yig'ilishi mumkin. Shunday qilib, tarmoqdagi elektron hujjatni o'zaro 
moslashuvchan «giperbog'lanishlar» orqali bir necha manbalar majmuyi 
ko'rini-shida tashkil etish mumkin. Natijada millionlab o'zaro bog'langan 
elektron hujjatlar majmuyidan tashkil topgan axborot muhiti hosil 
bo'ladi. 
Internet tarmog'ining mohiyatini tushunish uchun uning mantiqiy 
tuzilishini tushunish kerak. Ushbu mantiq bilan tanishib chiqamiz. 
Ma'lumki, avtomobildan foydalanganda transport turlari uchun 
belgilangan qonun-qoidalarga rioya qilish shart. Xuddi shunday internet 
xizmatidan foydalanuvchilar uchun ham hammaga bir xil bo'lgan 
kompyuterda ma'lumotlarni uzatish tartibini belgilovchi yagona 
qoidalar majmuyi belgilangan. 
Ikki kompyuter orasida ma'lumotlarni uzatish tartibi va formatini 
belgilovchi qoidalar majmuyi bayonnoma (protokol) deb ataladi. 
Masalan http, ftp va boshqalar bayonnomaga misol bo'la oladi.
Tarmoqda ishlash uchun berilgan bayonnomaga, mos holda, ma'-
lumotlarni uzatish imkonini beradigan maxsus dastur ta'minotiga ega 
bo'lishi kerak. Bunday dasturlar bayonnomalarni amalga oshirish 
deyiladi. Ular operatsion tizimda joylashtirilgan bo'lishi yoki alohida 
amaliy dasturlar paketi sifatida yaratilishi mumkin. Hozirgi zamon 
operatsion tizimlarining barchasi internetda ishlashni ta'minlovchi asosiy 
bayonnomalarga ega. 
Internetda axborotni paketli uzatish prinsipidan foydalaniladi. Endi 
axborotni paketli uzatish mazmuni bilan tanishib chiqamiz. 
Internet va unda ishlashni tasawur qilish uchun telefon tarmog'ini 
eslashingiz mumkin. Chunki telefon tarmog'ida ham shunga o'xshash 
aloqa kanali ishlatilib, bir necha daqiqada dunyoning xohlagan nuqtasi 
bilan bog'lanish mumkin. Albatta, bu o'xshatish shaklan bir xil bo'lsa-da, 
ish prinsipi bo'yicha katta farq qiladi. Ya'ni telefonda gaplashish paytida 



Download 5,73 Mb.
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   192




Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish