Biologiya (2) — копия cdr




Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/192
Sana07.06.2024
Hajmi5,73 Mb.
#261392
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   192
Bog'liq
AXBOROT XAVFSIZLIGI

 
 
 
 
Server disklarida kompyuterlarni birgalikda ishlash imkonini 
beruvchi dasturlar, ma'lumotlar omborlari va boshqalar saqlanadi.
Bundan tashqari, serverlar modemli va faksli aloqalarni, 
ma'lumotlarni bosmaga chiqarish ishlarini amalga oshiradi. Serverda 
joylashgan dasturlardan foydalanish doirasi umumiy masalaning 
qo'yilishiga ko'ra cheklangan bo'lishi mumkin. Konsentrator (HUB)—
tarmoqda kompyuterlarni o'zaro axborot almashinuvini ta'minlovchi 
maxsus qurilma. Ular 8, 12, 16 ta kompyuterni o'zaro bog'lashi mumkin. 
Axborotni uzatish kabellari tarmoqda axborotni bir kompyuterdan 
boshqasiga uzatish uchun xizmat qiladi (odatda, koaksial kabel ishla-
tiladi). 
Modem — axborotni kompyuterdan uzatish kabeliga o'tkazuvchi 
maxsus elektron qurilma. 
Modem «modulator» va «demodulator» so'zlari birikmasidan hosil 
bo'lgan. Bu qurilma yordamida axborotlar uzatuvchi kompyuterda 
raqamli ko'rinishdan analog ko'rinishiga aylantiriladi, shuningdek, qabul 
qiluvchi kompyuterda analog ko'rinishidan raqamli ko'rinishga 
aylantiriladi. Boshqacha aytganda, modemning vazifasi kompyuterda 
«0» va «1» ko'rinishida tasvirlangan ma'lumotni ikki asosiy chastotali 
telefon signallariga va aksincha, telefon signalini «0» va «1» yordamida 
kodlangan axborot ko'rinishiga o'tkazib berishdan iborat. Modemning 
asosiy xarakteristikasi bodlarda o'lchanadigan ma'lumotlarni uzatish 
tezligidan iborat. Zamonaviy modemlarning tezligi 2400, 9600, 14400, 
19200, 22880 va 33600 boddan iborat. Elektron aloqalar uchun ushbu 
modemlarning ixtiyoriysidan foydalanish mumkin. 
Kompyuterlar tarmoqda ishlashi uchun serverga kerakli operatsion 
tizim o'rnatilishi kerak. Bunday operatsion tizimlar ikki turga bo'linadi. 
Masalan, Windows for Workdows 95, Windows — 1 Workstation 
operatsion tizimi serversiz tarmoqlarni tashkil etish imkoniga ega 
bo'lgan operatsion tizimlar hisoblanadi. Bunday tarmoqdagi komp-
yuterlar teng huquqli hisoblanadi. Ikkinchi turdagi operatsion tizimlarda 
tarmoqni hosil qilish uchun maxsus kompyuter — server ajratiladi.
Ularga Novell Net Ware NT Server va boshqalarni misol qilib 
keltirish mumkin. Bunday operatsion tizim kompyuter ishini ishonchli va 
samarali qilib amalga oshiradi.



Download 5,73 Mb.
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   192




Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish