Ishlab chiqarish binolariga kirmaydigan xonalarni yoritish uchun, qoida
tariqasida, umumiy bir xil yoritgichlardan foydalanish kerak.
6.1.7. Umumiy yoritish tizimi chiroqlari uchun: neytral yerlangan tarmoqlarda
380/220 V dan yuqori bo„lmagan kuchlanish, shuningdek neytrali izolyatsiyalangan
tarmoqlarda va o„zgarmas toklarda 220 V dan yuqori bo„lmagan kuchlanishdan
foydalanilishi kerak.
Alohida chiroqlar uchun, qoida tariqasida, 220 V dan yuqori bo„lmagan
kuchlanishdan foydalanish kerak. Yuqori xavfli bo„lmagan xonalarda ushbu
ko„rsatgich, o„rnatilgan balandligidan qatьiy nazar, barcha statsionar yoritgichlar
uchun ham ruxsat etilgan.
Maxsus yoritgich (ksenon, yoy razryadli lampa (DRL), simob-impulьsli yoy
razryadli lampa (DRI), natriyli, uch fazali)lar va maxsus sxemali (masalan, chiroqlari
ketma-ket ulangan uch fazali) gaz razryadli lampalarning ishga tushirish boshqarish
apparatlarining elektr ta‟minoti uchun 220 Vdan yuqori kuchlanishdan foydalanishga
ruxsat etiladi. Lekin 380 Vdan yuqori bo„lmasligi lozim, shuningdek, neytrali
yerlangan tarmoqlarda faza kuchlanishi 660/380 V dan foydalanishga ruxsat etiladi
qachonki quyidagi talablar bajarilsa:
1. Yoritgich va ishga tushirish-boshqarish apparatiga kirish simlari va kabellari
mis tolali va 660 Vdan kam bo„lmagan kuchlanishga mo„ljallangan izolyatsiyali
bo„lishi kerak.
2. Yoritgich kirishidagi barcha fazalarni simlarini bir vaqtning o„zida o„chirilishi
(uzilishi) ta‟minlanishi kerak.
Ushbu talab, shuningdek, bir nechta 380/220 V simlar kirgan va ixtiyoriy turdagi
chiroqlar o„rnatilgan ko„p chiroqli barcha yoritgichlar uchun ham taaluqli (yuqori
xavfli bo„lmagan xonalarda o„rnatilgan yoritgichlardan tashqari).
3. Yuqori xavfli va o„ta xavfli bilan xonalarda yoritgichlarda amaldagi
kuchlanishni ko„rsatgan (“380 V”) holda maxsus aniq farqlanadigan belgilar bo„lishi
kerak.
4. Yoritgichga 660/380 V tizimining turli xil fazalarining ikkita yoki uchta
simlarini kiritish taqiqlanadi.
Yuqori xavfli va o„ta xavfli xonalarda cho„g„lanma lampali, DRL, DRI va
natriyli umumiy yoritish chiroqlarini poldan yoki xizmat ko„rsatish maydonchasidan
2,5 m kam balandlikda o„rnatilganda, shunday yoritgichlardan foydalanish kerakki,
bunda yoritgichlarga maxsus asboblar (otvertka, ombir, gaykali va maxsus kalitlar va
boshqalar)siz tegish imkoniyatini cheklovchi kontruktsiyada bo„lishi lozim. Bunday
yoritgiyalarning kirishida elektr simlar metall trubalarda yoki himoya qobiqli
kalerrada va himoyalangan simlarda bo„lishi kerak, yoki cho„g„lanma lampali
yoritgichlar ta‟minoti 42 Vdan yuqori bo„lmagan kuchlanishda bajarilishi kerak. Bu
talablar elektr xonalardagi, shuningdek, malakali xodimlar tomonidan kran yordamida
yoki maydonchadan xizmat ko„rsatiladigan yoritgichlarga taaluqli emas. Bunda
yoritgichdan kran mostigacha bo„lgan masofa 1,8 m dan kam bo„lmasligi yoki
yoritgichlar tomning fermasini pastki qismidan past bo„lmagan balandlikda
o„rnatilgan bo„lishi lozim, ularga kran yordamida xizmat ko„rsatilishida esa xavfsizlik
texnikasi talablariga rioya etilishi kerak.
127-220 V kuchlanishli lyuminestsent lampali yoritgichlar, bexosdan tok
o„tkazuvchi qismlarga tegish imkoniyati bo„lmaslik sharti bilan, poldan kamida 2,5 m
balandlikda o„rnatilishiga ruxsat etiladi.
6.1.8. CHo„g„lanma lampali mahalliy statsionar yoritish chiroqlarini quyidagi
kuchlanishlarni qo„llash kerak: xavf darajasi yuqori bo„lmagan xonalarda - 220 V dan
yuqori bo„lmagan; yuqori xavfli va ayniqsa o„ta xavfli xonalarda - 42 V dan yuqori
bo„lmasligi kerak.
Istino sifatida, quyidagi hollarda maxsus kontruktsiyali yoritgichlar uchun 220 V
gacha kuchlanishni qo„llashga ruxsat etiladi: avtonom energiya manbaiga ulangan
avariyali yoritish tizimining asossiy qismini tashkil etganda, yuqori xavfli xonalarga
o„rnatiladigan yoritgichlarda (lekin o„ta xavfli emas).
127-220 V kuchlanishli lyuminestsent lampali yoritgichlarni, bexosdan tok
o„tkazuvchi qismlarga tegish imkoniyati bo„lmaslik sharti bilan, mahalliy yoritish
uchun o„rnatilishiga ruxsat etiladi.
Zax, o„ta zax, issiq yoki aktiv kimyoviy muhitli xonalarda lyuminestsent lampali
yoritgichlardan foydalanishga faqatgina maxsus konstruktsiyali bo„lsagina ruxsat
etiladi.
6.1.9. Yuqori xavfli va o„ta xavfli bo„lgan xonalarda qo„l yoritgichlari uchun 42
V dan yuqori bo„lmagan kuchlanish qo„llanilishi kerak.
Noqulay sharoitlar mavjudligida, qaysiki, tor joy hisobiga elektr tokidan
jabrlanish xavfi, ishlayotganning holatini noqulayligi, katta metalldan tayyorlangan va
yaxshi yerlangan qoplamalarga tegib ishlaganda (masalan, qozonlardagi ishlar) qo„l
yoritgichlari uchun 12 V dan yuqori bo„lmagan kuchlanish qo„llanilishi kerak.
Ko„chma, osiladigan, stolga o„rnatiladigan va shu kabi boshqa yoritgichlar
uchun kuchlanish tanlashda mahalliy statsionar yoritish chiroqlariga tenglashtiriladi.
6.1.10.
Yoritish
tarmoqlarida
kuchlanish
yo„qotilishini
hisoblashda
quyidagilarga amal qilinishi kerak:
1. Yoritish tarmog„ida kuchlanishning og„ishi “Elektr energiyasi. Umumiy
foydalanishdagi elektr tarmoqlari uchun elektr energiyasi sifati bo„yicha talablar”
to„g„risidagi davlat standartiga mos kelishi lozim.
2. 12-42 V tarmoqlarda quvvat manbai chiqishlariga nisbatan 10% gacha
kuchlanish yo„qotilishiga yo„l qo„yilishiga ruxsat etiladi.
6.1.11. Gaz razryadi lampalarni ishonchli ishlashini ta‟minlash uchun kuchlanish
miqdori hatto avariyadan keyingi hollarda ham nominal kuchlanishning 90% dan kam
bo„lmasligi kerak.
6.1.12. Reklama yoki boshqa ob‟ektlarning yoritish tayanchlarida simli (kabelli)
liniyalarni birgalikda tarmoqlanishida liniya egasining roziligi bilan texnik shartlarga
va ushbu Qoidaning talablariga mos ravishda bajarilishi kerak.