2. Avariyali va evakuatsiya yoritish simlarini ishchi yoritish simlari bilan aloqa
qilish imkoniyati mavjud bo„lmasa, konstruktsiyasi
elektr simlarini yotqizish
imkoniyatini ta‟minlaydigan lampalar korpuslarida.
3. Simlar yoki kabellar umumiy trosga ulanganda. Bunda, simlar yoki ishchi
yoritish kabellari hamda avariyali va evakuatsiya yoritish
kabellari orasidagi masofa
kamida 20 mm bo„lishi kerak.
Ishchi yoritish yoritgichlari va avariyali yoki evakuatsiya yoritish elektr
ta‟minoti ishchi yoritish va avariyali yoki evakuatsiya yoritish tizimilari alohida shina
o„tkazgichlarning turli fazalari orqali amalga oshirilishi mumkin.
6.1.18. Yoritish tarmoqlarini himoyasi ushbu Qoidalarning 6.2.2, 6.2.6, 6.2.7,
6.3.5, 6.4.10 va 6.4.11-bandlarida ko„rsatilgan qo„shimcha
talablarni inobatga olgan
holda EUTQ 3.1-bob III-bo„limining talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Kuchli yoritgichlarning himoya qurilmalarini toklarini tanlashda,
ishlab
chiqaruvchilarning talablariga muvofiq, ishga tushirishdagi
tok qiymati hisobga
olinishi kerak.
Himoya qurilmalari iloji bo„lsa, xizmat ko„rsatish uchun qulay joylarda
guruhlarga ajratilishi kerak.
6.1.19. Nolli ishchi o„tkazgichlarda
simlarda saqlagichlar, avtomatik
o„chirgichlar va o„chirgichlarni o„rnatish taqiqlanadi (EUTQning 7.3-bob VII-
bo„limidagilar bundan istsino).