10-amaliy Yoritish Qurilmalarni xisoblash Elektr yoritish Qo‘llash doirasi, umumiy talablar




Download 34,27 Kb.
bet4/6
Sana07.12.2023
Hajmi34,27 Kb.
#113331
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-amaliy Yoritish Qurilmalarni xisoblash Elektr yoritish Qo‘lla-fayllar.org

Yerlagichlar 
6.1.20. Elektr yoritish moslamalarini yerlagichlari EUTQning 1.7 bob II-bo„limi
talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak, shuningdek, mazkur qoidalarning 6.3.8,
6.3.20, 6.4.9, 6.5.4, 6.5.16, 6.5.23 va EUTQning 7.1-7.3-bob VII-bo„limi bandlarida
berilgan qo„shimcha talablarga ham javob berishi kerak.
6.1.21. CHo„g„lanma lampali va DRL, DRI, natriy va lyuminestsent lampali
yoritgichlar o„rnatilgan umumiy yoritish tizimining yerlagichlari quyidagicha amalga
oshirilishi lozim:
1. Neytrali yerlangan tarmoqlarda: yoritgichga kabelь, himoyalangan simni,
metall truba yoki himoyalanmagan simlar (EUTQning 1.7 bob II-bo„limidan
chetlashish holati) orqali bajarilganda - chiroq ichidagi N (ichi nol sim) orqali;
yoritgiyaga ochiq himoyalanmagan simlar kiriganda - yoritgichning yerlagichiga
ulangan egiluvchan izolyatsiyalangan simlarda va yoritgichga yaqin bo„lgan
qo„zg„almas tayanch yoki qutidagi N simi orqali.
Bu talablar, shuningdek, ikki qutbli rozetkalari nol himoya aloqalari RE (nol
himoya) uchun qo„llaniladi. Lekin oshxona va kvartiralardagi elektr uskunalar,
mehmonxonalar, tibbiy muassasalarda, yotoqxonalardagi elektr qurilmalari uchun
guruhli shitlardan himoya kontaklarigacha mustaqil PE simlar qo„yilishi kerak.
2. Neytrali izolyatsiya qilingan yorug„lik moslamasiga simlar va kabellarni
kiritishning har qanday usullarida - yoritgichning yerlagichiga ulangan egiluvchan
izolyatsiyalangan simlarda.
6.1.22. DRL, DRI, natriy va lyuminessent lampali umumiy yoritish chiroqlarini
yerlagichi yerlangan ishga tushirish-boshqarish apparatlariga ulash yordamida amalga
oshirilishi mumkin.



6.1.23. Izolyatsiyalangan materialli qobiqlarga mahkamlangan yoritgichlarni


metall qismlarini yerlash talab qilinmaydi.
6.1.24. 42 V dan yuqori kuchlanishli mahalliy yoritish moslamalarini yerlagichi
quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1. Kronshteyn va chiroq tanasi o„rtasida elektr aloqa bo„lmasa, u holda bu
maqsad uchun maxsus mo„ljallangan himoya o„tkazgich yordamida amalga oshirilishi
kerak.
2. Yerlagich simlari chiroqning tanasiga emas, balki chiroq o„rnatilgan metall
konstruktsiyaga ulansa, metall konstruktsiya, kronshteyn va chiroq tanasi o„rtasida
ishonchli elektr aloqasi bo„lishi kerak.
6.1.25. Kuchlanishi 42 V dan yuqori bo„lgan ko„chma yoritgichlarning
qobig„ining yerlagichi egiluvchan simli kabelь orqali amalga oshirilishi kerak, bunda
bu kabellar bir vaqtning o„zida ishchi tokka xizmat qilmasligi kerak.
Ushbu ko„rsatilgan sim, rozetkaning himoya kontaktiga mustaqil ravishda
ulanishi kerak.
6.1.26. Neytrali izolyatsiyalangan tarmoqlarda temir-beton va metall
tayanchlarga o„rnatilgan tashqi yoritish moslamalari yerlangan bo„lishi kerak.
Yerlagichi yoki kabel muftalari bo„lmagan yog„och tayanchlarga o„rnatilgan tashqi
yoritish moslamalari yerlanishi talab qilinmaydi.

Download 34,27 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 34,27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



10-amaliy Yoritish Qurilmalarni xisoblash Elektr yoritish Qo‘llash doirasi, umumiy talablar

Download 34,27 Kb.