Avariyali va ekspluatatsiya yoritish tizimining ta’minoti




Download 34,27 Kb.
bet2/6
Sana07.12.2023
Hajmi34,27 Kb.
#113331
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-amaliy Yoritish Qurilmalarni xisoblash Elektr yoritish Qo‘lla-fayllar.org

Avariyali va ekspluatatsiya yoritish tizimining ta’minoti 
6.1.13. Sanoat va jamoat binolarida va ochiq joylarda ish joylarida ish yoritish
moslamalari va avariyali yoritish moslamalari turli xil mustaqil manbalardan
quvvatlanishi kerak. Transformatorlar turli mustaqil manbalardan quvvatlangan
hollarda ikkita transformatorli bitta podstantsiyaning turli transformatorlaridan ishchi


va avariyali yoritgichlarni ta‟minlashga ruxsat etiladi. Jamoat binolarida, mustaqil


manbalar bo„lmagan taqdirda, avariyali yoritish moslamalari ishchi yoritish uchun
ishlatilmaydigan transformatordan quvvatlanishi mumkin.
TabIIy yorug„lik bilan yoritiladigan ishlab chiqarish binolarida evakuatsiya
yoritish tizimi yoritgichlari, shuningdek jamoat va turar-joy binolarida evakuatsiya
yoritish yoritgichlari (ularda tabIIy yorug„lik mavjud yoki yo„qligidan qat‟i nazar)
podstantsiya shitidan boshlab (taqsimlash qurilmasi yoritilishi) yoki bitta vvod
bo„lganda ushbu vvoddan boshlab, ishchi yoritish tarmog„idan mustaqil bir tarmoqqa
ulangan bo„lishi kerak.
TabIIy yorug„liksiz ishlab chiqarish binolaridagi evakuatsiya yoritish
moslamalari alohida mustaqil elektr ta‟minotiga ulanishi yoki evakuatsiya yoritish
manbasi normalь rejimda ishchi yoritish uchun ishlatiladigan manbasidan ta‟minlansa,
avtomatik ravishda mustaqil manbaga o„tishi kerak.
100 yoki undan ko„p odamlar bir vaqtning o„zida bo„lishi mumkin xonalar tabIIy
yoritilmaydigan ishlab chiqarish binolarida, avariyali yoritish mavjudligidan qat‟i
nazar, asosiy yo„laklar bo„ylab evakuatsiya yoritish tizimi ham bo„lishi lozim. Bunda
elektr ta‟minoti uzilganda boshqa (normal rejimda ishchi, avariyali va evakuatsiya
yoritish tizimiga ishlatilmaydigan) mustaqil tashqi yoki mahalliy (akkumulyator
batareyalari, dvigatel-generatorlar qurilmalari) manbasiga ulanadigan bo„lishi kerak.
TabIIy yoritilmagan ishlab chiqarish binolarida ishchi, avariyali va evakuatsiya
yoritilishini ta‟minlash uchun umumiy elektr energiya tarmoqlaridan foydalanishga
yo„l qo„yilmaydi.
Avtonom quvvat manbalari bilan jihozlangan har qanday maqsaddagi binolarda
evakuatsiya yoki avariyali chiqishlarning yorug„lik ko„rsatkichlari normal rejimda
binoning (binodan foydalanilayotgan vaqtda o„chmaydigan) ixtiyoriy yoritish
tarmoqlaridan quvvatlanishi mumkin.
6.1.14. Doimo xizmat ko„rsatuvchi xodimlar bo„ladigan yoki xodimlar va
boshqalar o„tishi uchun mo„ljallangan binolar uchun, ixtiyoriy vaqtda avariyali va
evakuatsiya yoritish tizimini yoqishni imkonini bo„lishi yoki ishchi yoritish tizimi
avariyali o„chganda avtomatik ravishda faollashtiriladigan bo„lishi kerak.
6.1.15. Ushbu Qoidalarning 6.1.13 bandi talablariga asosan avariyali va
evakuatsiya yoritish qurilmalarini o„rnatish texnik jihatdan maqsadga muvofiq
bo„lmasa, avariyali va evakuatsiya yoritish tizimi o„rniga akkumulyatorli yoki quruq
elementli qo„lda yoritish qurilmalarini qo„llashga ruxsat yetiladi.

Download 34,27 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 34,27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avariyali va ekspluatatsiya yoritish tizimining ta’minoti

Download 34,27 Kb.