|
Biologiya (2) — копия cdr Pdf ko'rish
|
bet | 159/192 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 5,73 Mb. | | #261392 |
Bog'liq AXBOROT XAVFSIZLIGI
birlashtiruvchi yirik tarmoq; - GAN (Global-Agea Network) global
(xalqaro, qit’alararo) tarmoq; 3) tarmoq tugunlari turi bo‘yicha (tugun -
hisoblash tarmoqlari va ularning alohida elementlari ulangan joyi).
Boshqacha aytganda, tugunga shaxsiy, mini- va katta komp-
yuterlar, alohida tarmoq ham kiradi. Masalan, umumiy foydalanish
tarmoqlaridagi alohida kompyuterlar (boshqachasiga ularni stantsiyalar
deb ham yuritishadi) tugunlarga misol bo‘la oladi. Unchalik katta
bo‘lmagan alohida tarmoqlar kampus tarmog’i uchun tugun bo‘ladi. 4)
tugunlar munosabatiga ko‘ra: - bir xil rangli (peer-to-peer), uncha katta
bo‘lmagan, bir xil mavqega ega kompyuterlar (bu erda hamma
kompyuterlar ham «mijoz», ya’ni tarmoqning oddiy foydalanuvchisi,
ham «server», ya’ni tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsatishni
ta’minlovchi bo‘lishi mumkin). Macalan, WINDOWS 95 OS tarmog’i
tarqatilgan (Distributed) tarmoqlar. Bunda serverlar tarmoq
foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsatadi, biroq tarmoqni boshqarmaydi; -
server (Server based) yoki markazlashgan boshqarishga ega tarmoqlar.
Bu erda tarmoqning bosh elementi serverdir. Qolgan tugunlar
serverning resurslaridan foydalanishi mumkin (masalan, Novell
NetWare, Microsoft LAN Mananger va boshqalar). 5) tarmoq operatsion
sistemalarini ishlatish bo‘yicha (tarmoq OS): gomogenli - hamma
tugunlarda bir xil yoki yaqin operatsion sistemalardan foydalaniladi
(masalan, WINDOWS OS tarmog’i); geterogenli - bir vaqtning o‘zida bir
nechta tarmoq operatsion sistemalari ishlatiladi (masalan, Novell
NetWare va WINDOWS). Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa
ulangan kompyuterlar va axborot ashyolariga bog’liq. Tarmoqda
axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob'ektlar tarmoq
ob'ektlari deyiladi. Tarmoq ob'ektlari alohida kompyuter, kompyuterlar
kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Tarmoqning shinali boglanishida ma'lumotlar uzatuvchi
kompyuterdan shina bo‘yicha har ikki tomonga uzatiladi. Bu holda lokal
tarmoqdagi barcha kompyuterlar bitta aloqa chizig’iga parallel
bog’lanadi. Bunday shinalarni boshqarish ham alohida, ham
markazlashgan bo‘lishi mumkin. Markazlashgan boshqaruvda
tarmoqqa maxsus kompyuter-server ulanadi, uning vazifasi tarmoqda
axborotni uzatishni boshqarishdir. Alohida boshqaruvda hamma
kompyuterlar bir xil maqomga ega, ular mustaqil ma’lumotlarni uzatish
imkoniyatiga ega.
|
| |