• MAVZU: Geografiyani o`qitishda audio, vidieo va kompyuter xonalaridan uyg`un foydalansh Bajardi: Xo`rozova Fotima
  • Biologiya va geografiya




    Download 185.29 Kb.
    bet1/4
    Sana02.12.2022
    Hajmi185.29 Kb.
    #32815
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Fotima kurs idhi
    fotoelektron asboblar, Rudalarni boyitish (I.Umarova), Atabek AX, 02020202020202020202020202, Dekabr kungi taqdimot .999999999, SSSS, Протокол, 8-sinf-odam-va-uning-salomatligi-pisa-test-baxtiyor.uz (1), 4-MAVZU SLAYT, metodichka (1), Internet-tarmogidan-foydalanish, 1, MIYNETTI QORG, Ком тармак оларды ислеу



    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
    TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
    BIOLOGIYA VA GEOGRAFIYA” KAFEDRASI
    GEOGRAFIYA O`QITISH METODIKASI YO`NALISHI
    19/1 GURUH TALABASINING



    KURS ISHI


    MAVZU: Geografiyani o`qitishda audio, vidieo va kompyuter xonalaridan uyg`un foydalansh


    Bajardi: Xo`rozova Fotima


    Qabul qildi: Salomat Djumabaeva

    Chirchiq – 2021
    I. Kirish qismi
    II. Asosiy qism
    1. O`qitish vositalari va ulardan foydalanish texnologiyasi.
    2. Geografiyani o`qitishda audio, vidieolardan foydalanish
    III. Xulosa
    IV. Foydanilgan adabiyotlar

    Kirish
    Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lidan rivojlanib, xalqaro maydonda o‘zining munosib o‘rnini topmoqda. Davlatimizning mustaqil taraqqiyot yo‘lini ta’minlash uchun ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy sohalarda chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda yosh avlodni zamon ruhi va talabi hamda ishlab chiqarish ehtiyojlariga to‘liq javob beradigan darajada o‘qitish va tarbiyalash “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi”ning asosiy talabi hisoblanadi. Shu bois mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab sifatli kadrlar tayyorlashga qodir milliy asosga qurilgan va jahondagi ilg‘or davlatlar ta’limi taraqqiyoti tajribalariga tayanadigan kadrlar tayyorlash tizimini yaratish asosiy vazifalaridan biriga aylandi. Ta’lim-tarbiyaning mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o‘tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib, hozirda inson faoliyatining asosiy yo‘nalishlari shu faoliyatdan ko‘zda tutilgan maqsadlarni to‘liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, yangi texnologiyalarga aylanib bormoqda. 1997 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” milliy ta’lim taraqqiyoti va milliy kadrlar tayyorlash tizimi istiqbollarini belgilovchi hujjat sifatida bu sohadagi ishlarni rivojlantirishda yana bir tarixiy davr boshlanishiga zamin yaratdi.
    Ta`lim sohasida amalga oshirilgan islohotlarni yurtimizdagi tub o`zgarishlar, yangilanishlarning asosi desak, ayni haqiqatni aytgan bo`lamiz. Zero, har bir yurtining bugungi kelajagi, tom ma`noda, ta`lim tizimining qay darajada rivojlanganligi, barkamol avlodni tarbiyalash uchun yaratilgan shart-shariyatlar, islohotlarning natijalari bilan belgilanadi.
    Jamiyatda insonlarining, xususan maktab o`quchilarining dunyo qarashiga ommaviy axborot vositalari katta ta`sir o`tkazadi. Radio, televedenie, matbuot, Internet bugungi kunda insonga g`oyaviy ta`sir o`tkazishning o`ziga xos tizimini tashkil qiladi. Respublikamizda «Ta`lim to`g`risida», «Kadrlar tayorlash milliy dasturi to`g`risida » gi O`zbekiston Respublikasi qonunlari bajarish va uni hayotga tadbiq qilish asosida ta`lim-tarbiya ishlarini shunday ko`tarishimiz zarurki, u barcha yoshlarimizning chuqur va puxta bilim olishlarini, kerakli malaka va ko`nikmalarni hosil qilishlarini ta`minlay olsin. Bu borada davlat ta`lim standartlariga muvofiq ijodiy izlanish, o`qitishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish, fanlarning yutuqlaridan foydalanish, ilg`or tajribani ko`lamli ravishda amalga oshirish va yanada samarali davom ettirish talab qilinadi.
    Bularning hammasini amalga oshirish uchun yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
    Geografiya o`qitish vositalari - bu bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish maqsadida o`quv jarayonini tarbiyaga kiritilgan turli xil bilim manbalari yanada takomillashtirishdan iborat.
    Geografiya o`qitish vositalari - bu bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish maqsadida o`quv jarayonini tarbiyaga kiritilgan turli xil bilim manbalari yanada takomillashtirishdan iborat.
    O`qitish vositalari uchun o`qituvchi ko`rgazmali va texnik vositalarni tanlashda va foydalanganda o`qitish jarayonini tashkil qilish turlarini, qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalar bilan o`qitish metodlarini hisobga olish lozim. Uning ta`lim jarayonida yuqori natija berishi, o`quvchining istagi, intilishi, mustaqil fikrlashni ta`minlashga yo`naltirilishi noan`anaviy mohiyat kasb etadi. Demak, uzluksiz ta`limning barcha bosqichlarida ta`limnita komillashtirish, o`qitish vositalari o`quvchi faoliyatiga yo`naltirish, o`quv-bilish faoliyatini tashkil etish va uni boshqarish, shaxs sifatlarini shakllantirishga doir metodlarni qo`llashni talab etadi.

    Download 185.29 Kb.
      1   2   3   4




    Download 185.29 Kb.