|
Biologiyadan sinfdan va maktabdan tashqari mashgulotni tashkil etish
|
bet | 3/6 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 93,5 Kb. | | #122302 |
Bog'liq Biologiyadan sinfdan va maktabdan tashqari mashgulotni tashkil e1. Yakka tartibda individual tarzda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashgʻulotlar;
2. Guruhlarda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashgʻulotlar;
3. Ommaviy tarzda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashgʻulotlar.
Yakka tartibda individual tarzda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashgʻulotlarda oʻqituvchi oʻquvchilar tomonidan muayyan mavzularda kuzatishlar oʻtkazish, tajriba qoʻyish, qoʻshimcha adabiyotlar bilan ishlash, ma’ruzalar tayyorlash va ularni jihozlash ishlarini rejalashtiradi.
Guruhlarda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashgʻulotlarda turli sinflarda “Yosh biologlar” toʻgaragi, fakultativ mashgʻulotlar, tanlovlarga tayyorgarlik koʻrish, tirik tabiat burchagida ishlar tashkil etiladi.
Ommaviy tarzda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashgʻulotlarda, asosan, turli mavzularda kechalar va bayramlar, biolog-olimlar bilan uchrashuvlar tashkil etish bilan bir qatorda koʻkalamzorlashtirish ishlari, ijtimoiy foydali mehnatni amalga oshirish nazarda tutiladi.
Sinfdan tashqari mashgʻulotlar dasturdagi oʻquv materiali asosida tashkil etiladi, lekin uni takrorlamasligi kerak. Oʻqituvchi oʻrganilayotgan oʻquv fani mazmuni, mahalliy sharoit, oʻquvchilarning qiziqishi va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, sinfdan tashqari mashgʻulotlarning mavzularini tanlaydi.
Sinfdan tashqari mashgʻulotlarning mavzulari oʻquvchilarning dunyoqarashi, ular oʻzlashtirayotgan ta’lim mazmunini kengaytirish, toʻldirish, kasbga yoʻllash, tabiiy fanlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlik va ularning yangi qirralarini yoritishga xizmat qiladi.
Sinfdan tashqari mashgʻulotlar darsdan tashqari vaqtda tashkil etilib, maktabning umumiy jadvalidan oʻrin olmaydi, lekin oʻqituvchi oʻzining yillik istiqbol rejasida ularni oʻtkazish vaqtini belgilaydi.
Biologiyani oʻqitishning yuqorida qayd etilgan shakllari: dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashgʻulotlar oʻrtasida doimiy ravishda izchillik, oʻzaro uzviylik va aloqadorlik mavjud boʻlib, ular oʻquv-tarbiya jarayonining yaxlitligini ta’minlaydi. Biologiya oʻqitish maqsadi va vazifalarini amalga oshirish, samaradorlikka erishish uchun oʻqituvchi oʻqitish shakllarining umumiy va xususiy maqsadlarini anglagan holda, ularni uygʻunlashtirgan tarzda yillik istiqbol rejasini tuzishi lozim.
|
| |