Sogʻlom turmush tarzi va ekologik kompetensiyasi




Download 93,5 Kb.
bet5/6
Sana18.12.2023
Hajmi93,5 Kb.
#122302
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Biologiyadan sinfdan va maktabdan tashqari mashgulotni tashkil e

Sogʻlom turmush tarzi va ekologik kompetensiyasi:
- oʻsimliklarning tabiatdagi ahamiyatini bilishi, ularni muhofaza qilish choralarini biladi;
- gul, meva, urugʻlarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyatini anglagan holda tabiatdagi oʻsimliklarga nisbatan oqilona munosabatda boʻladi. Zaharli oʻsimliklar bilan ehtiyotkorona munosabatda boʻlishni biladi.
- tabiatda oʻzini toʻgʻri tutishning asosiy qoidalari va sogʻlom turmush tarzi asoslarini biladi, gulli oʻsimliklarni estetik jihatdan baholay oladi.
Mazkur kompetensiyalarni shakllantirishda darsdan tashqari ishlar muhim rol oʻynaydi, oʻqituvchi uy vazifasi va darsdan tashqari ishlarni maqsadga muvofiq tashkil etishi lozim. Uy vazifalari darslik bilan ishlash, qoʻshimcha adabiyotlarni oʻqish, mavzuga oid rasmlarni chizish, tabiiy ob’ektlar ustida kuzatish oʻtkazish va oddiy tajribalar qoʻyish bilan ifodalanadi.
Darslik boʻyicha uy vazifalari oʻquvchilarning dars mavzusi bilan bogʻliq boʻlgan oʻqituvchining amaliy va darslik boʻyicha topshirigʻini uyda mustaqil bajarishlarini tashkil etish shaklidir.
Oʻquvchilarning aksariyati darsliklardan toʻgʻri foydalanishni bilmaydi, ba’zi oʻquvchilar topshiriq va mavzularni darslikdan yodlab oladilar, ayrimlar mavzularni yuzaki oʻrganadilar. Uyga berilgan topshiriqlar oʻquvchining fikr yuritishini faollashtiradigan, unda mustaqil ishlashga qiziqish uygʻotgan taqdirdagina koʻzlagan maqsadga erishiladi. Buning uchun topshiriqlar savollar shaklida ifodalangan boʻlishi kerak, oʻquvchilar sinfda gapirib berish uchun darslik tekstini qatorasiga yodlab olmasdan, undan kerakli materialni tanlab olib, ularga javob tayyorlaydilar. Bunga erishish uchun darslikdagi ushbu mavzuni yodlang degan iboradan voz kechish kerakdir.
XULOSA
Oʻquvchilarning darslik bilan ishlashidan asosiy maqsad oʻqiganlarini tushunishdir, mantiqiy oʻqishni bilishdir, urgʻuni toʻgʻri ishlatish, qonun va qoidalarni aniq ajrata olishdir.
Mavzular oxirida berilgan savollar oʻquvchilar ishini ancha faollashtiradi. Oʻqituvchi oʻzi ham savollar tuzib, oʻquvchilarga javob topishni taklif etadi. Berilgan savollar orasida, ayniqsa, taqqoslashni talab etadigan savollar alohida ahamiyatga kasb etib, oʻquvchilarning shaxsiy kuzatishlariga ham asoslanadi. Taqqoslash sinfdan-sinfga oʻtgan sari murakkablashib boradi.
Oʻquvchini ob’ektlarni tanish va ularni taqqoslash, oʻxshash va farqli belgilarini aniqlash koʻnikmalarini tarkib toptirish maqsadiga ega boʻlgan uy vazifalari matnni ushunib oʻqishlariga zamin yaratadi. Bunday topshiriqlarga mos ravishda oʻquvchilarga kichik jadval toʻldirish taklif etiladi.

Download 93,5 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 93,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sogʻlom turmush tarzi va ekologik kompetensiyasi

Download 93,5 Kb.