Bipolyar tranzistorda yasalgan kalit sxemasini tadqiq etish




Download 154,35 Kb.
bet1/2
Sana11.07.2024
Hajmi154,35 Kb.
#267340
  1   2
Bog'liq
Rashidbekelektr1M

Mavzu: “Bipolyar tranzistorda yasalgan kalit sxemasini tadqiq etish”



Kirish
Impulsli va raqamli (mantiqiy) qurilmalarda elektron kalit asosiy element hisoblanadi. Elektron kalit yuklama zanjiriga ulanib, tashqi boshqaruv signali ta’sirida davriy ravishda ulash va uzishni amalga oshiradi. Bu vaqtda kalitning chiqishidagi signal bir-biridan yetarlicha farqlanadigan ikkita diskret qivmatga ega bo‘ladi. Bu xossa uni Bul algebrasi funksiyalarini amalga oshiruvchi asosiy ME sifatida qo‘llash imkonini beradi.
Asosiy qism
Kalit ikki elementdan tashkil topgan: qayta ulanuvchi (QUE) va yuklama (YuE) elementlar. Kalit (invertor) tuzilishining umumlashgan sxemasi 1.1.-rasmda keltirilgan.

a) b)
1.1– rasm. BT da yasalgan kalit sxemasi: a) kalit (invertor) umumlashtirilgan sxemasi; b) BT asosidagi sodda elektron kalit sxemasi.
QUE ikki turg‘un: ulangan va uzilgan holatga ega. Bu shartlarga bipolyar va mavdoniy tranzistorlarning ba’zi turlari mos keladi. YuE manbadan iste’mol qilinayotgan tokni cheklash uchun xizmat qiladi.
Kalit turini tanlashda IMSlarda asosiy mezon bo‘lib, texnologik muvofiqlik hisoblanadi. Texnologik muvofiqlik deganda, turli sxema elementlarini yagona texnologik jarayonda tayyorlash imkoni tushuniladi. Bir xil elementlardan tashkil topgan sxemalar avfzal sanaladi. Yuklama va qayta ulanish elementi MDYAtranzistorlardan tashkil topgan kalitlar yuqori texnologik va universal hisoblanadi.
BTli sodda elektron kalit sxemasi 1.1.b-rasmda keltirilgan. U UE sxemada ulangan BTda yasalgan kuchaytirgich kaskadidan iborat. Kuchlanish manbayi EM va RK ko‘rinishdagi yuklama qarshiligidan tashkil topgan zanjir boshqariluvchi zanjir hisoblanadi. Boshqaruvchi (baza) zanjir boshqaruv signali manbayi UKIR va unga ketma-ket ulangan qarshilik RB dan tashkil topgan. BT elektron kalit shartiga ko‘ra berk rejimda yoki to‘yinish rejimida ishlashi kerak. Kirishga manfiy qutbli signal berilsagina tranzistor berk rejimga o‘tadi. Ma’lumki, berk rejimda tranzistor toklari
𝐼𝐸 ≈ 0; 𝐼𝐾 = 𝐼𝐾0; = −𝐼𝐾0; ga teng bo‘ladi. Bu yerda «—» belgisi baza toki aktiv rejimdagi baza toki yo‘nalishiga teskari yo‘nalishda oqib o‘tishini bildiradi. Kalit rejimida IK0 toki
Download 154,35 Kb.
  1   2




Download 154,35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bipolyar tranzistorda yasalgan kalit sxemasini tadqiq etish

Download 154,35 Kb.