Sinxron generatorning tashqi xarakteristikasi




Download 80.65 Kb.
bet5/6
Sana31.03.2022
Hajmi80.65 Kb.
#19170
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
28 Bir fazali asinxron dvigatellar haqida umumiy tushunchalar
18. Uch fazali transformatorlar cho‘lg‘amlarini ulanish sxemalari va gruppalari., BIOLOGIYA EVOLYUTSIYA VA EKOLOGIYA ASOSLARINI O\'QITISH METODIKASI
Sinxron generatorning tashqi xarakteristikasi. Sinxron generatorning stator klemmalaridagi kuchlanishning yuklama toki bilan bog’lanishi uning tashqi xarakteristikasi deyiladi va u quyidagi sharoitda tekshiriladi:
; , ;
Odatda, generatorning tashqi xarakteristikasi yuklama xarakteriga qarab har xil bo’ladi. Shuning uchun bu bog’lanish aktiv, induktiv va sig’im qarshilikli yuklamada tekshiriladi. Tashqi xarakteristikani qurish uchun 160-rasm, a da keltirilgan sxemadan foydalaniladi. Oldin generator yurgiziladi, so’ngra qo’zg’atish toki nominal qiymatgacha oishirilib, generator klemmalarida kuchlanish hosil qilinadi. Sinxron generatorning tashqi xarakteristikasi uning yuklama orta borganda yoki kamaya borganda tekshirish mumkin. Generator kuchlanishi bo’lganda yuklama toki asta-sekin nominal qiymatgacha ko’paytirib boriladi. Tokning bir necha qiymatlari uchun o’lchov priborlarining ko’rsatayotgan qiymatlari yozib olinadi va masshtabda tashqi xarakteristika grafigi quriladi (163-rasm). Xarakteristika uchun priborlarning ko’rsatishini, oldin yuklama qiymatini gacha yetkazib, so’ngra uni sekin-asta kamaytirib olish ham mumkin.
Aktiv qarshilikli yuklamada yuklama toki ortgani sari generatorning kuchlanishi kamaya boradi (1-egri chiziq). Bunda yuklama toki ortib borganda stator chulg’amida kuchlanish pasayishi ortadi va yakor’ reaktsiyasining ko’ndalang o’q bo’yicha yo’nalgan oqimi ham ortadi. Induktiv qarshilikli yuklamada yuklama toki ortgan sari kuchlanish ko’proq kamayadi, chunki bunda yakor’ reaktsiyasining bo’ylama oqimi ko’payadi, natijada uning magnidizlovchi ta’siri ortadi. Sig’im qarshilikli yuklamada yuklama toki ortgan sari generatorning kuchlanishi ortadi. Bunda yakor’ reaktsiyasining sig’im qarshilikli yuklama hosil qiladigan magnitlovchi ta’siri ko’payadi.
Sinxron generatorning kuchlanishi yuklama o’zgarishiga qarab doimo o’zgarib turadi. Generator kuchlanishining salt ishlashdan to nominal yuklama bilan ishlaguncha o’zgarishi kuchlanishning nominal o’zgarishi deyiladi. Kuchlanishning nominal o’zgarishini tashqi xarakteristika yordamida aniqlash mumkin. Kuchlanishning bunday o’zgarishini nominal kuchlanishga nisbatan protsent hisobida aniqlanadi:

Odatda, sinxron generatorlar aktiv – induktiv xarakterli yuklama bilan ishlaydi. Bunda cosφ=0,9…0,85 bo’ladi. Bu holda kuchlanishning nominal o’zgarishi ∆i%=25…35% bo’lishi kerak. Generatorga ulangan iste’molchilarda nominal kuchlanish bo’lishi uchun u kuchlanishni avtomatik rostlaydigan qurilmaga ega bo’lishi kerak. ∆i% ning kichik bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Uning qiymatini kamaytirish uchun ayonmas qutbli mashinalarda sinxron induktiv qarshilik xs qiymatini; ayon qutbli mashinalarda xd va xq qiymatlarini kamaytirish lozim. Buning uchun rotor bilan stator orasidagi havo oralig’i kattaroq bo’lishi kerak. Bu o’z navbatida qo’zg’atish chulg’amining magnitlovchi kuchini oshirishga olib keladi, bu esa mashinani qimmatlashtiradi.

Download 80.65 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 80.65 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sinxron generatorning tashqi xarakteristikasi

Download 80.65 Kb.