• SINXRON GENERATORNING ASOSIY XARAKTERISTIKALARI .
  • Sinxron generatorni parallel ishlashi




    Download 80.65 Kb.
    bet3/6
    Sana31.03.2022
    Hajmi80.65 Kb.
    #19170
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    28 Bir fazali asinxron dvigatellar haqida umumiy tushunchalar
    18. Uch fazali transformatorlar cho‘lg‘amlarini ulanish sxemalari va gruppalari., BIOLOGIYA EVOLYUTSIYA VA EKOLOGIYA ASOSLARINI O\'QITISH METODIKASI
    Sinxron generatorni parallel ishlashi. Sinxron generatorni boshqa sinxron generator bilan parallel ishlashga yoki tarmoq bilan parallel ishlashga ulash uchun quyidagi ishlarni bajarish lozim:

    • ulanadigan generator chiqishlaridagi kuchlanish ishlayotgan generator yoki tarmoq kuchlanishiga teng bo’lishi lozim;

    • ulanadigan generator chastotasi tarmoq chastotasiga teng kelishi kerak;

    • ulanadigan generator hamma fazalarining EYUK ishlayotgan generator yoki tarmoqning tegishli fazalaridagi kuchlanishlarga (faza bo’yicha) qarama-qarshi bo’lishi kerak;

    • parallel ishlashga ulangan generatorning – fazalari ishlayotgan generator fazalaridek tartibda joylashtirish kerak, ya’ni ishlayotgan generatorning A fazasidan keyin V faza, undan keyin S faza joylashsin.

    Parallel ishlashga ulashdan oldin generator birlamchi motor yordamida aylantirib olinadi, keyin uyg’otish toki ulanadi, voltmetr va chastotometr yordamida ulanadigan generatorning EYUK va chastotasi tarmoq kuchlanishi va chastotasiga to’g’rilanadi. EYUK uyg’otish zanjiridagi reostat bilan, chastota esa birlamchi motor aylanish tezligini (chastotasini) o’zgartirish bilan rostlanadi. Parallel ishlashga ulashning uchinchi va to’rtinchi shartlari sinxronoskop va nolinchi voltmetr yordamida bajariladi. Sinxronoskop—sinxron generatorlarni sinxronlashga mo’ljallangan, uchinchi shartning bajarilishini tekshiradigan va ulanadigan generatorning aylanish tezligini (chastotasini) qaysi tomonga o’zgartirish kerakligini ko’rsatadigan maxsus asbob. Nolinchi voltmetr generator parallel ishlashga ulanadigan momentni aniq belgilash imkonini beradi. Nolinchi voltmetr strelkasi bu holda nolda turishi kerak.
    SINXRON GENERATORNING ASOSIY XARAKTERISTIKALARI.
    Sinxron mashinalarning ishlashini tadqiq qilishda ularning asosiy xarakteristikalaridan foydalaniladi. Generatorning xarakteristikalari, uning ishlash xususiyatlarini xarakterlaydigan kattaliklarni o’zaro bog’lanishini ko’rsatadigan egri chiziqlardir. Sinxron generatorning asosiy xarakteristikalari uning aylanish chastotasi tokning nominal chastotasiga mos va o’zgarmas, ya’ni n=n1H=const bo’lganda olinadi. Xarakteristikalar tajriba yo’li bilan generatorning asosiy parametrlarini aniqlashga va uning o’ziga xos muhim xususiyatlarini o’rganishga imkon beradi. Xarakteristikalarni tajriba o’tkazish yo’li bilan yoki grafik usulda qurish mumkin.

    Download 80.65 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 80.65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sinxron generatorni parallel ishlashi

    Download 80.65 Kb.