|
Bir fazali sinusoidal tok chiziqli elektr zanjirlari Umumiy ma'lumotlar
|
bet | 1/5 | Sana | 11.10.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #274548 |
Bog'liq XEU86FJfOMH7RKAXCgNPRBxTH84G7ilnWDivOZqs R E J A :
Bir fazali sinusoidal tok chiziqli elektr zanjirlari
1. Umumiy ma'lumotlar
2. Sinusoidal tok va kuchlanishlarning amplitudasi, chastotasi va fazasi
3. Sinusoidal EYuK ni hosil qilish
4. Sinusoidal tok, EYuK va kuchlanish ta'sir etuvchi (effektiv) va o'rtacha qiymatlari
1. Umumiy ma'lumotlar
Amaliy elektrotexnikada asosiy rolni o'zgaruvchan tok o'ynaydi. Hozirgi vaqtga kelib deyarli barcha elektr energiya o'zgaruvchan tok elektr energiyasi ko'rinishida ishlab chiqariladi. O'zgaruvchan tokni o'zgarmas tokka nisbatan asosiy avzalligi-uni uzatishda kuchlanishni oson va kam isrof bilan o'zgartirish imkoniyatidir. Bundan tashqari, o'zgaruvchan tok generatorlari va motorlari o'zgarmas tok mashinalariga nisbatan tuzilishi sodda, ishlashda ishonchli va narxi arzon.
Yo'nalishi va kattaligi davriy ravishda o'zgarib turuvchi EYuK, tok va kuchlanish o'zgaruvchan EYuK, tok va kuchlanish deyiladi. Vaqt bo'yicha sinusoidal qonun bo’yicha o'zgaruvchan EYuK, tok va kuchlanish sinusoidal EYuK, tok va kuchlanish deb ataladi. Sinusoidal tok quyidagicha ifodalanadi:
2. Sinusoidal tok va kuchlanishlarning amplitudasi, chastotasi va fazasi
bunda i - tokning oniy qiymati,A, - tokning maksimal (amplituda) qiymati, A, - burchak chastota, rads, - boshlang'ich faza – faza (ti) ning vaqtdagi qiymati, grad, 1- rasmda sinusoidal tokning to’lqin diagrammasi keltirilgan.
Davr T-bu muayyan vaqt oralig'i bo'lib, tokning o'zgarishi takrorlanadi, ya'ni to'liq bitta to'lqin o'zgarishi kuzatiladi. Bir sekunddagi davrlar soni chastota deb ataladi Gs. -o'zgaruvchan tokning burchak chastotasi.
Har qanday sinusoidal o'zgaruvchan funksiya uchta kattalik bilan aniqlanadi: amplituda qiymati, burchak chastotasi va boshlang'ich fazasi. Past chastotali sinusoidal EYuK va toklar sinxron generatorlar yordamida hosil qilinadi. Yuqori chastotali sinusoidal EYuK va toklar esa yarim o'tkazgichli generatorlar yordamida olinadi.
3. Sinusoidal EYuK ni hosil qilish
O'zgaruvchan tokning eng ko'p tarqalgan manbalaridan biri mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirib beruvchi sinxron generatordir. Sinxron generatorda sinusoidal EYuK olish uchun doimiy magnit maydonida ramka ko'rinishdagi chulg'am o'zgarmas burchak tezligida aylantiriladi. O'zgaruvchan tok generatorlari ikki asosiy qismdan iborat (2-rasm). Qo'zg'almas qism - stator 1 va aylanuvchi qism-rotor 2 dir. Ularning birida (ko'pincha rotorda) doimiy elektromagnit joylashtiriladi va uning chulg'amlari o'zgarmas tok manbaidan ta'minlanadi
EYuK egri chizig'ining shakli sinusoidaga yaqin bo'lishi uchun generatorning rotorida joylashtirilgan qutb boshmog'i chetidagi havo oralig'i uning markaziga nisbatan 1,5 ... 2 marta kattalashtiriladi. Shu sababdan, magnit induksiyaning o'zgarish qonuni stator bilan rotor oralig'ida sinusoidal bo'ladi, qutb boshmoqlarining o'rtasida magnit induksiyasi maksimal bo'lib, qutb boshmoqlarining chetiga qarab kamayib boradi.
Agar juft magnit qutblari soni p va rotorning bir minutdagi aylanishlar soni n bo'lsa, u holda o'zgaruvchan EYuK ning chastotasi:
4. Sinusoidal tok, EYuK va kuchlanish ta'sir etuvchi (effektiv) va o'rtacha qiymatlari
Sinusoidal o'zgaruvchan kattalikning juda keng ishlatiladigan qiymati bu uning ta'sir etuvchi qiymatidir. U effektiv yoki o'rtacha kvadratik qiymati deb ham ataladi. Tokning ta'sir etuvchi qiymati quyidagicha aniqlanadi:
Demak, sinusoidal tokning ta'sir etuvchi qiymati davr mobaynidagi o'rta kvadratik qiymatiga teng va u tok maksimal qiymatining 70,7 foizini tashkil etadi.
EYuK va kuchlanishning ta'sir etuvchi qiymatlari mos ravishda
teng.
Rezistordan bir xil vaqtda o'tgan sinusoidal va o'zgarmas toklar energiyasining issiqlik energiyasiga aylanish natijasini taqqoslab ko'ramiz. Rezistordan sinusoidal tok o'tganda bir davr ichida ajralayotgan issiqlik miqdori:
Shu vaqt ichida o'zgarmas tok ta'sirida ajralib chiqqan issiqlik miqdori:
Ularni o'zaro tenglab, quyidagini hosil qilamiz:
yoki
Shunday qilib, sinusoidal tokning ta'sir etuvchi qiymati miqdor jihatdan o'zgarmas tokning shunday qiymatiga tengki, unda sinusoidal va o'zgarmas toklar teng vaqt mobaynida rezistordan o'tganda undan ajralib chiqqan issiqlik miqdorlari o'zaro teng bo'ladi. Ko'pchilik (elektromagnit, ferrodinamik, elektrodinamik, issiqlik va h.k. sistemali) o'lchash asboblari sinusoidal kattalikning ta'sir etuvchi (effektiv) qiymatini o'lchaydi.
Sinusoidal kattalikning amplituda qiymatini ossillograflarda o'lchash yoki ta'sir etuvchi qiymat orqali hisoblab topish mumkin.
Sinusoidal o'zgaruvchan kattaliklarning o'rta qiymati deb, uning yarim davr ichidagi o'rtacha qiymati tushuniladi. Demak, sinusoidal tokning o'rtacha qiymati:
ya'ni sinusoidal tokning o'rtacha qiymati amplituda qiymatning qismini tashkil qiladi. Sinusoidal EYuK va kuchlanishlar uchun ham xuddi shunday tengliklar o'rinli:
Sinusoidal tokning o'rtacha qiymatini magnitoelektrik asbobga ketma-ket yarim o'tkazgichli diod ulab o'lchash mumkin.
|
| |