|
Bir fazali transformatorlar. Tuzilishi va ishlash prinsipi. Ish rejimlari. Reja
|
bet | 2/3 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 1,19 Mb. | | #140747 |
Bog'liq Bir fazali transformatorlar. Tuzilishi va ishlash prinsipi. Ish Transformatorning tuzilishi
Har qanday transformator ikki asosiy qism, yaʼni berk poʼlat oʼzakdan va mis simdan oʼraladigan choʼlgʼamlardan iborat. Transformator oʼzagi maxsus elektrotexnik poʼlat plastinalardan yigʼiladi. Bu plastinalar qalinligi transformator ishchi chastotasiga bogʼliq, chastota qancha yuqori boʼlsa, plastina shuncha yupqa boʼladi.
Oʼzak shakli va unda choʼlgʼamlarning joylashishi boʼyicha transformatorlar sterjenli, bronli (sh-simon), torreodal va lentasimon kesimli boʼlishi mumkin. Bajarilish sxemasi boʼyicha transformatorlar (yaʼni choʼlgʼamlar soni boʼyicha) bir, ikki va koʼp choʼlgʼamli boʼlishi mumkin.
Transformatorning ishlash printsipi
Transformatorning ishlash printsipi bir-birlari bilan elektr jihatdan bogʼlanmagan va qoʼzgʼalmas ikki yoki bir necha choʼlgʼamlarning oʼzaro elektromagnit taʼsirlanishiga asoslangandir. Choʼlgʼamlar W1 va W2 oʼramlar soni orqali xarakterlanadi.Transformatorning uchta salt ishlash, qisqa tutashuv va yuklama ish rejimlari mavjud. Bu rejimlarni ketma-ket koʼrib chiqamiz.(3-rasm).
Transformatorning salt ishlash rejimi
Salt ishlash rejimida transformatorning birlamchi choʼlgʼami oʼzgaruvchan tok manbaiga ulanadi, ikkilamchi choʼlgʼamining uchlari esa ochiq qoladi, yaʼni ikkilamchi choʼlgʼam toki nolga teng boʼladi.
Transformatorning yuklama rejimi
Аgar transformatorning ikkilamchi choʼlgʼamiga yuklama ulansa, u holda transformator ishchi rejimda ishlaydi. Bu rejimda transformatordagi fizik jarayonlar yuklama xarakteriga bogʼliq boʼladi.
Transformatorning qisqa tutashuv ish rejimi
Qisqa tutashuv rejimida birlamchi choʼlgʼam tarmoqqa ulanadi, ikkilamchi choʼlgʼam esa qisqa tutashtiriladi. Ishlatish sharoitlarida qisqa tutashuv avariya rejimi hisoblanadi va choʼlgʼamlar toklari katta qiymatlarga ortib ketadi.
Bu rejimda ikkilamchi choʼlgʼam qisqa tutashtiriladi, birlamchi choʼlgʼamga esa pasaytirilgan Uk kuchlanish beriladi. Bu kuchlanish qisqa tutashuv kuchlanishi deyiladi va nominaldan foizlarda oʼlchanadi.
|
| |