• E’tiboringiz uchun rahmat!
  • KFC bilan davom etayotgan kurash




    Download 1.64 Mb.
    bet5/5
    Sana21.11.2022
    Hajmi1.64 Mb.
    #31182
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    McDonald\'s

    KFC bilan davom etayotgan kurash

    2019-yilda qovurilgan jo‘ja va tovuq mahsulotlari savdosida yetakchi bo‘lgan KFC kompaniyasining bozordagi ulushlarini egallashga qaratilgan “jo‘ja urushlari” boshlandi. O‘z ulushini burgerlari bilan himoya qilayotgan McDonald’s 2021-yil fevralida ikki yil oldin Popeyes va KFC tomonidan boshlangan ushbu urushga qo‘shildi. Urushga McDonald’sning bevosita qo‘shilishi KFC mahsulotlari sifati va sotuvlar miqdorining oshishiga olib keldi. “YUM brands” (KFC) rahbari Devid Gibsning analizlarga asoslanib ta’kidlashicha, KFC’ning yangi tovuq sendvichlari avvalgi versiyalariga qaraganda ikki barobar ko‘p sotilyapti. Mos ravishda McDonald’s tomonidan 2021-yil fevral oyining boshlaridan sotuvga qo‘yilgan tovuqli sendvichlar ham ko‘plab mijozlarni o‘ziga jalb qilmoqda. Kalinowski Equity Research kompaniyasining har chorakda o‘tkazadigan tahlillariga ko‘ra McDonald’s do‘konlari kuniga o‘rtacha 262 ta tovuq sendvich sotmoqda.

    E’tiboringiz uchun rahmat!

    McDonald’s O‘zbekistonda paydo bo‘lishi mumkinmi?

    O‘zbekiston Respublikasining sobiq Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor G‘aniyevning 2017-yil 27-sentabrdagi Xalqaro press klub sessiyasida so‘zlagan nutqiga ko‘ra 2017-yildayoq AQShning McDonald’s korporatsiyasi O‘zbekiston bozoriga kirib kelishga qiziqish bildirgan. Bu bilan bog‘liq xabarlar va taxminlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi 5611-sonli “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-mayda qabul qilingan 365-sonli “Chorvoq erkin turistik zonasi faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinishi natijasida ancha ommalashdi. Biroq hozirga qadar McDonald’s’ning O‘zbekistonga kirib kelishi borasida aniq bir harakat ko‘zga tashlangani yo‘q.


    Download 1.64 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 1.64 Mb.