• Kiritish-chiqarish razyomlarining joylashtirilgan ikki qavatli panelining mavjudligi.
  • Elektr ta’minot manbayining bir kalitli ichki razyomining mavjudligi.
  • Bitiruv malaka ishi boblari va paragraflari




    Download 1,18 Mb.
    bet3/19
    Sana21.02.2024
    Hajmi1,18 Mb.
    #159839
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    22-GURUH OZODBEK

    1.2 TIZIMLI PLATANI TANLASH

    Tizimli platani ishlab chiqarishda hisobga olinadigan bir nechta standartlar mavjuddir. Bu standartlar (form factor) plataning fizik ko‘rsatkichlarini va plata o‘rnatilishi kerak bo‘lgan g‘ilofning turini belgilaydi. Quyida tizimli plataning nisbatan keng tarqalgan standartlari keltirilgan.


    Eskirgan standartlar quyidagilar:

    • Baby-AT;

    • AT to‘liq o‘lchamli platasi;

    • LPX;

    • WTX (hozirgi vaqtda ishlab chiqarilmaydi);

    • ITX (flex-ATX ning turlaridan biri, ishlab chiqarilmagan).

    • Zamonaviy standartlar quyidagilar:

    • ATX;

    • Micro-ATX;

    • Flex-ATX;

    • Mini-ITX (flex-ATX ning turlaridan biri);

    • NLX.

    Hozirgi vaqtda ko‘pchilik yangi tizimlar uchun tizimli platal arning keng tarqalgan standartlaridan biri ATX dir. ATX tuzilishi Baby-AT va LPX standartlarining takomillashuviga olib keldi.
    Kiritish-chiqarish razyomlarining joylashtirilgan ikki qavatli panelining mavjudligi. Tizim platasining orqa tarafida kengligi 6,25 va balandligi 1,75 dyuym bo‘lgan kiritish-chiqarish razyomi joylashgan soha mavjuddir. Bu soha tashqi razyomlarni bevosita plataning o‘zida joylashtirish imkonini beradi va ichki razyomlar bilan g‘ilofning orqa panelini bog‘lab turuvchi kabellarga bo‘lgan zaruratdan holi qiladi.
    Elektr ta’minot manbayining bir kalitli ichki razyomining mavjudligi. ATX spetsifikatsiyasi tarkibida elektr ta’minot manbayining osonlik bilan o‘rnatiladigan va noto‘g‘ri o‘rnatish mumkin bo‘lmagan bir kalitli razyomi mavjuddir. Bu razyom tizim platasiga 3,3 V kuchlanishni yetkazib beruvchi kontaktlarga ega. ATX spetsifikatsiyasiga yordamchi quvvat (3,3 va 5V) razyomlari nomini olgan ikkita qo‘shimcha ta’minot razyomi va elektr energiyani noyob spetsifikatsiyaga qaraganda katta miqdorda iste’mol qiladigan tizimlarda qo‘llaniladigan ATX12V razyomi kiritilgan.

    Download 1,18 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 1,18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bitiruv malaka ishi boblari va paragraflari

    Download 1,18 Mb.