Bitiruv malakaviy amaliyoti hisoboti




Download 215,71 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana14.05.2024
Hajmi215,71 Kb.
#232643
1   2   3
Bog'liq
2-namuna (hisobot) (3)20244

Asosiy qisim 
Men 2024-yilning 5-fevraldan 13-aprel kunigacha Mirobod tumani adlliya 
boʻlimida amaliyot oʻtadim. Amaliyotga borgan kunimdayoq Oʻzbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻz.Res. Prezidentining 13.04.2018-yildagi PQ-3666- 


son 
“Oʻzbekiston 
Respublikasi 
Adliya 
vazirligi 
faoliyatini 
yanada 
takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻg’risida”gi Qarori bilan 
yaqindan tanishib chiqdim. Shundan soʻng menga amaliyot rahbar tayinlandi. 
Tayinlangan amaliyot rahbar orqali ishni oʻrganishni boshladim. Jumladan, aksar 
hollarda kelib tushadigan hujjatlar bilan ishlash bilan bog’liq tartib taomillari bilan 
tanishdim. Shu oʻrinda, Mehnat ta’tilidan muddatdan ilgari chaqirib olish bilan 
bog’liq hujjatlarda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiklar hamda nomutanosibliklar yuzaga 
kelganda tegishli tartibda xulosa berish tartibi va shartlarini, 
Intizomiy jazo choralarini qoʻllash yuzasidan kelib tushgan hujjatlani hamda 
unga berilgan xulosalar shu bilan birga xodimga qoʻshimcha vazifa yuklash 
toʻg’risidagi hujjat maz’munini hamda unga asos boʻlgan normativ-huquqiy 
hujjatlar va ulani qoʻllanilishi bilan tanishdim. Bunda 23.12.2020-yilda tasdiqlangan 
DMTTning bir necha kasbda ( lavozimda) ishlaganligi, xizmat koʻrsatish doirasi 
kengayganligi yoki bajariladigan ishlar xajmi oshganligi uchun qoʻshimcha haq 
belgilanishi mumkin boʻlgan xozimlari kasblari roʻyxati asosida taqqoslash hamda 
ushbu roʻyhat asosida tegishli xulosa berilishi jarayonini bilan tanishdim. Hamda 
oʻrindoshlik asosida tuzilgan shartnomalar tuzilishi,bekor qilinishi va oʻzgartirilishi 
yuzasidan kelib tushgan hujjatlar bilan ishlash tartibi bilan tanishdim. 
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi“E-huquqshunos elektron tizimiga DMTT 
tomonidan yuboriladigan hujjatlar va ularni koʻrib chiqish tartibi bilan tanishib 
chiqib, berilishi mumkin boʻlagan hamda taqdim etilgan xulosalarni oʻrgandim.
Shuningdek amaliyot oʻtash davrida, Yuridik xizmat koʻrsatish markaziga kelib 
tushadigan xujjatlarlardan xodimga qoʻshimcha vazifa yuklash toʻg’risidagi hujjat 
maz’munini hamda unga asos boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar va ulani 
qoʻllanilishi bilan, 
Pullik qoʻshimcha mashg’ulotlar hamda boshqa turdagi pullik xizmat 
ko`rsatish toʻg’risidagi shartnomalar tuzilishi tartibi va ushbu shartnomalar 
yuzasidan kelib tushgan hujjatlar bilan ishlash hamda unga xulosa berish taribi,


Mehnat qonunchiligiga asosan xodimlarni ichki oʻrindoshlik asosida ishga 
qabul qilish toʻg’risidagi buyruqlar va shartnomala bilan ishlash va unga tegishli 
agar kamchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda unga tegishli xulosa berish tizimi, 
Xodimlarga beriladigan yillik mehnat ta’tillari muddatlari, yillik mehnat 
ta’tilini hisoblash va ish yili tushunchalasi va tariblari haqida qimmatli 
ma’lumotlarga ega boʻldim. 
Hamda, “E-huquqshunos” eleltron tizimiga kelib tushadigan ya’ni Tuman 
tibbiyot Birlashmalari va Oilaviy poliklinikalari tomonidan yuboriladigan, 
xodimlarni ishga qabul qilish tartibi, ularni qabul qilish uchun zarur boʻlgan Malaka 
ta’lablari zarurligi haqida bilib oldim hamda mehnat qonunchiligi asosan hodimlar 
bilan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻg’risidagi kelishuv tuzish tartibi bilan 
yaqindan tanishdim hamda e’tibor berilishi talab etiladigan jihatlarini amaliyot 
rahbarim koʻmagi hamda tushuntirishlarini olgan holda oʻrgandim. 
Shundan soʻng olgan bilimlarimni qonunchilikka bog’lagan holda 
takomillashtirishga kirishdim. Shuningdek, Xodimlarga ish haqi saqlanmagan holda 
ta’til berish toʻg’risidagi hujjatlarning qonunga muvofiqligini tekshirish va tegishli 
xulosalar taqdim etishni, Bunda mehnat kodeksiga muvofiq “Ish haqi 
saqlanmaydigan ta’til deganda xodimning ish oʻrni (lavozimi) saqlanib qolgan holda 
haq toʻlanmaydigan ta’til tushunililishini real keyslarga tayangan holda tushunib 
oldim. 
Xodimning yozma arizasiga koʻra unga ish haqi saqlanmaydigan ta’til 
berilishi mumkin boʻlib, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi 
kelishuvga koʻra belgilanadi, lekin u ish haqi saqlanmaydigan oxirgi ta’til berilgan 
kundan e’tiboran kalendar yil davomida uzluksiz yoki jamlangan holda uch oydan 
oshmasligi kerak. 
Xodimlarni malaka oshirga yuborish toʻg’risidagi hujjatlar bilan ishlash shu 
bilan birga ushbu hodimlar lavozimlarining malaka oshirish kurslariga jalb etilishi 
mumkin boʻlgan tasdiqlangan kategoriyalarga mos kelish yoki kelmasligi yuzaga 
kelganda tegishli xulosa taqdim qilish tartibi keyinchalik xodimlaga oliy oʻquv 


yurtlarida ta’lim olish munosabati bilan ta’til berish toʻg’risidagi hujjatlar bilan 
tanishib chiqdim hamda ushbu xujjatlarning movofiqligini tekshirishni oʻrgandim.
Mehnat shartnomasini bekor qilish toʻg’risidagi kelishuvlar yuzasidan 
aniqlanishi lozim boʻlgan ma’lumotlarni tekshirishni. Shu bilan birga “E- 
Huquqshunos” tizimiga kelib tushadigan Sayyor Soliq tekshiruvini oʻtkazish 
toʻg’risidagi hujjatlar va ilova qilishi lozim boʻlgan ma’lumotlarning 
mutanosibligini aniqlashni amaliyot rahbarim koʻmagida oʻrgandim. 
Undan soʻng adliya boʻlimida davlat umumiy oʻrta ta’lim maktablariga 
yuridik xizmat koʻrsatishni tashkil etishning asoslarini, markazlar tomonidan davlat 
koʻp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarga yuridik xizmat koʻrsatish, xizmat 
koʻrsatish toʻg’risdagi shartnomalar bilan bog`liq boʻlgan xujjatlar bilan ishlash 
tartib tamoyillari oʻrgandim. 
Amaliyot jarayonida oʻrgangan bilim va tajribalarimni mustahkamlash 
maqsadida Mirobod tuman adliya boʻlimi tomonidan "Ziyonur" MFY hududida 
joylashgan 31-umumta’lim maktabida oʻquvchi yoshlarga "Huquqiy axborot kuni" 
loyihasi doirasida ularning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan targ’ibot 
tadbirida qatnashishga muvaffaq boʻldim. Bu tag’ibot yoshlarga yangi qabul 
qilingan qonunlar va unda qayd etilgan imtiyozlar haqida batafsil tushuntirish 
berildi. Shuninindek. qonunchilikda qabul qilingan yangiliklardan xabardor qilindi, 
oʻquvchi yoshlarga davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli 
foydalanish toʻg’risida tushunchalar berishga yoʻnaltirilgan edi. Ushbu turdagi 
targ’ibot ishlarini davom ettirgan holda, 
Mirobod tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat koʻrsatish markazi xodimlari 
bilan birgalikda tumandagi Yuksalish MFYda joylashgan 263-maktab yuqori sinf
oʻquvchilariga “Huquqni bilish-taraqqiyot kaliti” shiori ostida huquqiy dars 
oʻtilishida oʻz ishtirokim bilan xissa qoʻshdim. Oʻtkazilgan huquqiy dars davomida 
oʻquvchilarga Davlatimizning 
asosiy 
qonuni 
Oʻzbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasi, konstitutsiyada belgilangan prinsiplar, fuqarolarning huquqlari, 
burchlari haqida shuningdek, yoshlarni kasbga yoʻnaltirish, yoshlarning yot 
g’oyalar ta’siriga tushib qolishini oldini olish kabi mavzularda suhbatlashish 


jarayonida shaxsan ishtirok etdim va huquqshunos madaniyati hamda nutq 
madaniyati qanday boʻlishi kerakligi yuzasidan real tajriba asosida toʻplangan 
ma’lumotlarga ega boʻdim. 
Keyingi oʻrinlarda Mirobod tumani adliya boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish 
markazi xodimlari bilan birgalikda "Tolariq" mahallasi hududida yashovchi yoshlar 
bilan MFY yoshlar yetakchisi hamkorligida uyma-uy yurgan holda uchrashuvlar 
tashkil etilishida qatnashib ushbu jarayonga oʻz xissamni qoʻshgan holda tajriba va 
koʻnikmalarimni mustahkamlashda davom etdim.
Uchrashuvlar davomida ogʻir 
toifadagi yoshlar, ishsiz yoshlar hamda migratsiyadagi yoshlarning ota onalar bilan 
muloqot qilinib, ularning muammolari tinglanib, joyida huquqiy tushunchalar 
berildi.
Ushbu haftalik yakunida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy 
apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, 
Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari, tuman 
(shahar) boʻlinmalari, vazirlik tizimidagi respublika tashkilotlari va muassasalari 
hamda umumiy oʻrta ta’lim maktabi (maktab-internat) xodimlari asosiy 
lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi 30.08.2023-yildagi 03-
01/3-3634-sonli Oʻzbekiston respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi 
vazirining buyrug’i bilan yaqindan tanishdim. 
Shundan soʻng, Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili 
davomiyligi meyorlari toʻg’risidagi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-uyundagi 
263-sonli qaroriga ilovasi bilan tanishib pedagog hodimlarga yillik uzaytirilgan 
mehnat ta’tili berish davomiyligi haqida bilib oldim,
 
Oʻz.Res. Prezidentining 2018-
yil 27-sentabrdagi PQ-3953-sonli qaroriga asosan davlat buyurtmachilari tomonidan 
toʻg’ridan-toʻg’ri shartnomalar boʻyicha xarid qilinadigan dori vositalari va 
tibbiyotda qoʻllaniladigan roʻyxati bilan tanishdim hamda davlat tashkilotlari hamda 
xususiy 
tashkilotlari 
oʻrtasida ushbu yoʻnalish boʻyicha tuziladigan 
shartnomalarning normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ekanligi yoki muvofiq 
emasligi yuzasidan beriladigan xulosa tuzilishi tartibi va xodimga qoʻshimcha vazifa 
yuklash toʻg’risidagi hujjat maz’mun mohiyatini anglash hamda ushbu mazmundagi 


kelib tushgan xujjatlaga tegishli xulosa berishning tartib-taomillarini bilan 
birgalikda Oʻz. Res.ning davlat xaridlari toʻg’risidagi qonunini amalga oshirishning 
chora tadbirlari toʻg’ridagi 28.09.2018-yildagi PQ-3953 sonli Oʻz. Res. 
Prezidentining qarori bilan tanishib chiqdim.
 
Milliy baholash tizimi muvofiq boʻlishi lozim boʻlgan xalqaro tan olingan va 
baholash tizimida berilgan sertifikatlar roʻyxati hamda har oylik ustama olish uchun 
ularning eng kam darajasini belgilash toʻg’risidagi Oʻz.Res. Xalq ta’lim vazirligi 
Oʻz.Res. Moliya vazirlgining 12.08.2022-yil 03-02/3-4195 qarori bilan tanishdim 
hamda “E-huquqshunos” elektron tizimiga kelib tushgan ustama tayinlash toʻrisdagi 
xujjatlarga ushbu normativ huquqiy xujjatda keltirilgan setifikat turiga muvofiq yoki 
muvofiqligi yuzasidan tegishli tartibda xulosa berish tartibi bilan tanishdim.
 
Mirobod tuman adliya boʻlimi tomonidan "Ziyonur" hamda Yuksalish MFY 
hududida joylashgan yoshlarni oʻrganish boʻyicha soʻrovnoma hamda ularning 
Huquqiy bilimini oshirishga yoʻnaltirilgan targ’ibot ishlarini amalga oshirilishida
qatnashdim. 
Mirobod tumani adliya boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish markazi xodimlari 
bilan birgalikda "Chinor" mahallasi hududida yashovchi yoshlar bilan MFY yoshlar 
yetakchisi hamkorligida uyma-uy yurgan holda uchrashuvlar tashkil etilishida 
qatnashdim. Ushbu uchrashuvlar davomida ogʻir toifadagi yoshlar, ishsiz yoshlar 
hamda migratsiyadagi yoshlarning ota onalar bilan muloqot qilinib, ularning 
muammolari tinglanib, joyida huquqiy tushunchalar berildi. 

Download 215,71 Kb.
1   2   3




Download 215,71 Kb.
Pdf ko'rish