|
Bitiruv malakaviy amaliyoti hisobotiBog'liq 2-namuna (hisobot) (3)20244
Bitiruv malakaviy amaliyoti
HISOBOTI
Reja:
Kirish
1.
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligining asosiy vazifalari
2.
Bitiruv malakaviy amaliyoting qachon va qayerda oʻtaganligim
3.
Bitiruv malakaviy amaliyoti davomida olib borgan ishlarim
4.
Xulosa
Kirish
Adliya (arab tilida, „aʼdl“— adolat, toʻg’rilik, haqqoniylik, xolislik degan
maʼnolarni anglatadi) — sudlov muassasalari, sud tashkilotlari va ular faoliyatini
anglatadigan tushuncha.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻz.Res. Prezidentining
13.04.2018-yildagi PQ-3666- son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻg’risida”
gi
Qarori va boshqa qonun hujjatlarida keltirilgan adliya organlarining faoliyati bilan
bog’liq normalarni, adliya organlarining vakolatlari va boshqa shu kabi masalalarni
oʻrganib chiqdim.
“Oʻzbekiston
Respublikasi
Adliya
vazirligi
faoliyatini
yanada
takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻg’risida” gi Qarorga koʻra
Adliya vazirligi quyidagi vakolatlarga egadir:
huquq ijodkorligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish;
normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining tartibga solish ta’sirini
baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish faoliyatni
muvofiqlashtirish;
huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash;
huquqiy targ’ibotni amalga oshirish hamda davlat organlari va
tashkilotlarining huquqiy targ’ibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish;
davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat
hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qoʻllash amaliyotini izchil va bir xilda
ta’minlash boʻyicha choralarni amalga oshirish;
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy
himoya qilish boʻyicha choralarni amalga oshirish;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga
oshirilishini ta’minlash yuzasidan, shu jumladan Hisob palatasi bilan birgalikda
sohalar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlarni
olib borish va joylardagi holat monitoringini yuritish;
davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini ilg’or xorijiy tajriba va
zamonaviy rivojlanish tendensiyalari asosida tahlil va monitoring qilish;
davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari faoliyatini
muvofiqlashtirish, nazorat qilish va uslubiy koʻmaklashish, shuningdek, qonunchilik
hujjatlarida belgilangan davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat
koʻrsatilishini ta’minlash;
notariat, advokatura hamda jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat
koʻrsatuvchi boshqa tuzilmalarning samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlash;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni
moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga
qarshi kurashish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok
etish;
nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat
siyosatini amalga oshirish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro
hamkorligini tashkil qilishga koʻmaklashish;
ma’muriy tartib-taomillar sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida yagona
davlat siyosatini amalga oshirish;
ortiqcha ma’muriy tartib-taomillarni bartaraf etish hisobiga davlat xizmatlari
koʻrsatish tartibini takomillashtirish, shuningdek, idoralararo elektron hamkorlikni
rivojlantirish;
davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida, shu jumladan tegishli axborot tizimlari,
resurslar va ma’lumotlar bazalarini joriy etish boʻyicha davlat organlari va boshqa
tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va samaradorligini baholash;
intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish hamda
ixtirolar, tovar belgilari, mualliflik huquqi va boshqa intellektual mulk obyektlariga
boʻlgan huquqlarni himoya qilish;
ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa
intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish;
yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil
etish, yurisprudensiya sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga
oshirishni ta’minlash;
sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab
chiqish, sud ekspertlarini tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini
muvofiqlashtirish;
siyosiy-huquqiy sohaga oid xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston
Respublikasining oʻrnini yaxshilash boʻyicha tizimli va izchil choralar koʻrish;
xalqaro-huquqiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va mustahkamlash, xalqaro
shartnomalarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish;
xalqaro va xorijiy tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarining
huquqiy himoyasini ta’minlash, xalqaro hamjamiyat, xorijiy investorlarni milliy
huquq tizimi va amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar haqida oʻz vaqtida
xabardor qilish.
Umuman olganda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston
Respublikasida jamiyat va davlat qurilishi sohasida norma ijodkorligi va huquqni
qoʻllash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosatini izchil amalga oshiruvchi davlat
boshqaruvi organidir.
|
| |