Konning geologik va kon texnik sharoitlari




Download 0.98 Mb.
bet5/26
Sana23.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#39041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Bitiruv malakaviy ishining
Pul bozori. Pul bozorida muvozanat Reja-fayllar.org (1), Soliqlar va soliqqa tortish
1.2 Konning geologik va kon texnik sharoitlari
Qalmaqir konining geologik strukturasi cho‘kindi, magmatik va metomorfik kon jinslaridan tashkil topgan.
Sarg‘ish qumtoshlar va kulrang oxaktoshlar cho‘kindi jinslar tarkibiy qismi xisoblanadi. Magmatik jinslar tarkibini kvars-porfir, granodiorit-porfir, sionit-porfir va diorit kabi kon jinslari tashkil qiladi. Metomorfik kon jinslari esa, asosan, ikkilamchi kvarsitlar va marmarlashgan magmatik jinslardan tashkil topgan.
Kondagi rudalar granodiorit porfirlar shtokining egzokontakt zonasida yertomir ko‘rinishida joylashgan bo‘lib, u sionitlar guruhi jinslari bilan alohida kichik (nuqtasimon) bo‘laklarga ajratilgan.
Ruda va kon jinslari massivi bir-biriga yaqin (zich) darzlar to‘ri bilan katta va kichik bloklarga bo‘lingan bo‘lib, yoriqlar erigan minerallar bilan to‘lgan.
Kon jinslarining qattiqlik koeffitsiyenti professor M.M. Protodyakonov shkalasi bo‘yicha 6-10 dan 14 gacha o‘zgaradi. Sulfit rudalarining zichligi 2,6÷2,8 t/m3, kon jinslarining zichligi esa 2,4÷2,6 t/m3. Ruda va kon jinslarining ko‘pchish koeffitsiyenti 1,5 ga teng.
Qalmaqir kareri kon jinslari portlovchanlik ko‘rsatkichi bo‘yicha, darzdorlik darajasini hisobga olgan holda uch kategoriyaga bo‘linadi:
I – kategoriya – oson portlaydigan jinslar (kuchli darzdor siyenitlar, ikkilamchi jarayonlar natijasida o‘zgargan granodiorit-porfirlar) M.M.Protodyakonov shkalasi bo‘yicha bu jinslarning qattiqlik koeffitsiyenti 6-8 ni tashkil qiladi.
II – kategoriya o‘rtacha portlovchan jinslar (mayda va o‘rtacha darzdor sulfid rudalar, ikkilamchi granodiorit – porfirlar, o‘zgargan siyenitlar kvarslangan siyenit-dioritlar, siyenitlar va siyenit-dioritlar hamda rudalangan sulfidlardan tashkil topgan ikkilamchi kvarsitlar). Bularning qattiqlik koeffitsiyenti 8-12 ga teng.
III – kategoriya – qiyin portlaydigan jinslar (zichligi yuqori, siyrak darzlikka ega bo‘lgan yirik blokli ikkilamchi kvarsitlar), qattiqlik koeffitsiyenti 10-14.
Qalmaqir koni Nakpay-soy va Olmaliqsoy daryolarining suv ayirish joyiga joylashgan. Yer osti suvlarining statistik satxi 710-660 m balandlik belgisiga to‘g‘ri keladi. Grunt suvlarining satxi fasllar bo‘yicha o‘zgaruvchan bo‘lib, yozda pasayadi, bahor va kuzda ko‘tariladi. O‘zgarish ampletudasi 4-6 m ni tashkil qiladi. Yer osti suvlari bosimsiz va kichik oqimga ega bo‘lib, Nakpay-soy hamda Olmaliqsoy daryolari yuqori qismiga joylashgan darzdor ruda zonalari orqali sizilib ularga quyiladi.Karerning +700 m balandlik belgisidan pastga joylashgan jinslar butunlay suvdor bo‘lib, undan yuqoriga joylashgan jinslar suvdorlik darajasi kichik. Chunki ularning suvdorligi, asosan, atmosfera yog‘inlari natijasida sodir bo‘ladi. Barcha yer osti suvlari jinslardagi yoriqlar bo‘ylab sizilib, karerga oqib tushadi.
Karer jinslarining umumiy suvdorlik darajasi 65-68% ni tashkil qiladi.
Qalmoqir koni uchta karer bilan qazib olinadi: Konni ochish, Sharqiy va Markaziy karerlar, amalda esa har uchchala karer bitta karer hisoblanadi. Ochish va foydali qazilmani qazib olish ishlari hozirgi vaqtda 25 ta pog‘onada olib boriladi. Ulardan 16 tasining balandligi loyiha bo‘yicha – 15 m, 9 tasiniki esa – 22,5 m. Pog‘onalarning qiyalik burchagi 70-800.
Portlatilishi lozim bo‘lgan kon jinslari portlovchanligi bo‘yicha, yuqorida qayd qilingan uch kategoriyaga bo‘linadi va har bir kategoriya bo‘yicha yil davomida portlatiladigan jinslar xajmi quyidagicha:
I – kategoriya – 6 mln.m3
II – kategoriya – 5 mln.m3
III – kategoriya – 5 mln.m3
Transheyalar sharoitida – 1 mln.m3.
Karerda transportli qazish tizimi qo‘llanadi va qoplama jinslar tashqi ag‘darmaga tashiladi. Kon massasini tashish asosan temir yo‘l transportida, qisman esa avtotransport yordamida amalga oshiriladi. Bunda katta ilashish kuchiga ega bo‘lgan elektrovozlar, yuk ko‘tarish qobiliyati 105 tonnali dumpkarlar, 75 va 110 tonnali BelAZ rusumli avtoag‘dargichlardan foydalaniladi. Qazib olingan kon massasi dumpkar va avtooag‘dargichlarga 20 dan ortiq EKG-8I, EKG-5U, EKG-12,5, EKG-15 rusumli, cho‘mich xajmi 4 dan 15 m3 gacha bo‘lgan ekskavatorlar bilan yuklanadi.
Skvajinalar SBSH-250 MN-32 rusumli burg‘ulash stanoklari bilan burg‘ulanadi.
Portlatish yordamida kon massivini maydalash usuli sifatida asosan, vertikal skvajina zaryadlari usuli qabul qilingan. Skvajina zaryadlarini portlatish detonatsiya piligi va elektrik usullarda amalga oshiriladi.
Portlatish ishlari – skvajinalarni portlovchi moddalar bilan zaryadlash va ularni tiqinlash ishlari zaryadlash mashinalari yordamida bajariladi. Karerda qo‘llanayotgan ekskavatorlar cho‘michining o‘lchamlariga nisbatan portlatilgan kon massasidagi konditsion bloklarning maksimal o‘lchami 1500 mm dan oshmasligi lozim (MOF ga o‘rnatilgan tegirmonning qabul qilish panjarasi bo‘yicha). Portlatilgan kon massasidagi nokonditsion (nogobarit) bo‘laklarning miqdori 1,5-2,0 % ni tashkil qiladi. Nogobaritlarni ikkilamchi maydalash, asosan, ustquyma portlovchi modda zaryadlari yordamida bajariladi. Qalmoqir kareri uzluksiz yillik rejimda ishlaydi. Sutkalik ish rejimi ham uzluksiz – 12 soatlik ish smenada kon ishlari bajariladi. Portlatish uchastkasi 5 ish kunlik xafta bo‘yicha uzlukli rejimda faoliyat yuritadi. Portlatish ishlari xaftada bir marta (payshanba kuni soat 1400 – 1600 da) bir necha gorizontlarda bajariladi. Transheyalar o‘tishda esa, zarurat tug‘ilganda.

Download 0.98 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Download 0.98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Konning geologik va kon texnik sharoitlari

Download 0.98 Mb.