|
Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari
|
bet | 3/9 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 241,83 Kb. | | #272196 |
Bog'liq 2 5431838142749494954Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari Eshboboyov s
(ism-sharifi) (imzo)
2-mavzu. Byudjet tasahkilotida xarajatlar smetalarini tuzush,tasdiqlash,ijro etish tartini oi’rganish (ta’lim,sog’liqni saqlash,ijtimoiy sohalarning boshqa tashkilotlari misolida )
Shahrisabz shahar mahalliy budjetining 2024-yil I chorak oshiqcha tushgan daromadi hisobidan Shahrisabz shahar “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga 592,0 mln. (besh yuz to‘qson ikki million) so‘m mablag‘ ajratilishi ma’qullansin
2024-yilda “Shahrisabz – Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti” festivali doirasida o‘tkaziladigan Xalqaro tadbirga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish maqsadida markaziy ko‘chalarda yo‘l belgilari chizish uchun 2 tonna kraska xaridiga shahar mahalliy budjetining 2024-yil zaxira mablag‘lari hisobidan 70,0 mln. (yetmish million) so‘m mablag‘ Shahrisabz shahrining tarixiy qismini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va saqlash departamentiga ajratilsin.
Shahrisabz shahrining tarixiy qismini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va saqlash departamentiga shahardagi «Sinabog‘» MFY aholisi turmush tarzini yaxshilash va elektr ta’minoti uzluksizligini ta’minlash maqsadida elektr jihozlari olish uchun 75,0 (yetmish besh million) soʻm pul mablagʻlari ajratib berilishi ma’qullansin.
Shahrisabz shahar mahalliy budjetining 2022-yil 3-choragi ortiqcha tushgan daromadi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq,
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashi QAROR QILADI:
O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 24-iyuldagi 01-07/1-234-son bilan ro‘yxatga olingan, 37-sonli yig‘ilish bayoni ijro uchun qabul qilinsin.
Shahrisabz shahar mahalliy budjetining 2022-yil 3-chorak ortiqcha tushgan daromadlari hisobidan mablagʻ ajratish boʻyicha xarajatlar jadvali tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martda “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5969-sonli Farmoni va Koronavirus pandemiyasi davrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida kam ta’minlangan, vaqtinchalik daromad manbaini yo‘qotgan Shahrisabz shahar fuqarolariga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan 103,5 mln. so‘m mablag‘ tegishli tartibda fuqarolarga moddiy yordam sifatida fuqarolarning plastik kartasiga o‘tkazib berilishi belgilansin.
Shahrisabz shahar mahalliy budjetining 2022-yil 1-chorak ortiqcha tushgan daromadlari hisobidan xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining 2022-yil 1-avgustdagi VI-59-45-4-209-K/22 sonli qaroriga asosan Shahrisabz shahrining tarixiy qismini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va saqlash departamentiga ajratilgan mablag‘larning ishlatilmasdan qolgan qismidan 90,0 mln. so‘m miqdorini Shahrisabz shahrining tarixiy qismini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va saqlash departamentiga Shahrisabz shahrining tarixiy markazi hamda markaziy ko‘cha va joylarga gul ko‘chatlarini ekish uchun, 405,0 mln. so‘m miqdorini Shahrisabz shahar hududidagi sug‘orish tizimini yangilash va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun yo‘naltirish ma’qullansin.
Shahrisabz shahar Tibbiyot birlashmasiga qarashli Terapiya blogi (Terapiya, Kardiologiya, Nevrologiya, Neyroxirurgiya) va Tug‘ruq bo‘limi binolarini rekonstruksiya qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “2022-2026- yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-172-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Shahrisabz shahar, “Tutzor” MFY hududida joylashgan Shahrisabz shahar Tibbiyot birlashmasiga qarashli Terapiya (ichki kasalliklar) blogi (Terapiya, Kardiologiya, Nevrologiya, Neyroxirurgiya) va Tug‘ruq bo‘limi binolarini rekonstruksiya qilish maqsadida: 1. Shahrisabz shahar Tibbiyot birlashmasining 2022-yil 23-iyuldagi 199- sonli xati inobatga olinsin. 2. 2022-yilgi “Obod mahalla” dasturi asosida tenderda g‘olib deb topilgan qurilish pudrat tashkiloti “Nasaf profi servis” MChJga Shahrisabz shahar, “Tutzor” MFY hududida joylashgan Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli Terapiya blogi (Terapiya, Kardiologiya, Nevrologiya, Neyroxirurgiya) va Tug‘ruq bo‘limi binolarini rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsat berilsin. 3. Qurilish pudrat tashkiloti “Nasaf profi servis” MChJ rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish jarayonida barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishni ta’minlasin. 4. Rekonstruksiya qilish jarayonida binolardan chiqqan qurilish materiallari hisobini yuritish va ulardan maqsadli foydalanish Shahrisabz shahar Tibbiyot birlashmasi ixtiyoriga qoldirilsin.
Shahrisabz shahar mahalliy budjetining 2022-yil zahira mablag‘lari hisobidan Shahrisabz shahar “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga mablag‘ ajratish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martda “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining
iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5969-sonli Farmoni va Koronavirus pandemiyasi davrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini yanada qo‘llabquvvatlash maqsadida kam ta’minlangan, vaqtinchalik daromad manbaini yo‘qotgan fuqarolarga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida
1. O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 2020- yil 24-iyuldagi 01-07/1-234-son bilan ro‘yxatga olingan, 37-sonli yig‘ilish bayoni ijro uchun qabul qilinsin. 2. Shahrisabz shahar mahalliy budjetining 2022-yil zahira mablag‘lari hisobidan Shahrisabz shahar “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga 14.0 mln. (o‘n to‘rt million) so‘m pul mablag‘lari ajratilishi ma’qullansin.
|
| |