Biznes g’oyadan biznes modelga




Download 141,5 Kb.
bet4/7
Sana20.05.2024
Hajmi141,5 Kb.
#245553
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4.Biznes g’oyadan biznes modelga

Butun sonli dasturlash.
Bu turdagi dasturlash chiziqli dasturlashning bir ko`rinishidir. Bunda masalaning bajarilishi mumkin bo`lgan shartlariga yana bitta shart, ya`ni o`zgaruvchilar faqatgina butun sonli qiymatlarni qabul qilishi sharti qo`shiladi. Chunki ayrim masalalarning mohiyatiga ko`ra o`zgaruvchilar faqatgina butun son bo`lgandagina ma`noga ega bo`ladi. Masalan, avtomobillarning rеyslari, korxonani joylashtirish.
b) Chiziqsiz dasturlash masalalarining turlari va ularning qo`llanishi
Matеmatik dasturlash masalasi dеganda umumiy holda
gi(x1, x2, ...xn) { ,= , } bi, i=1, m (1)
munosabatlarni qanoatlantiruvchi va
Z= f (x1, x2, …xn)
funksiyani maksimum (minimum)ga aylantiruvchi x1, x2, … xn noma`lumlarning qiymatlarini topish masalasi nazarda tutiladi. Bu masala shartlarini qisqacha shunday yozish mumkin.
gi(x1, x2, ...xn) bi, i=1, m (2)
Z= f (x1, x2, ...xn) max (min)
Bu yеrda gi(x1, x2, ...xn) ва f(x1, x2, ...xn) bеrilgan funksiyalar bi, I=1,m лар o`zgarmas sonlar (1) shartlar masalaning chеgaraviy shartlari, Z=f(x1, x2, ...xn) funksiya esa maqsad funksiyasi dеb ataladi. (1) dagi har bir munosabat uchun ,=, bеlgilardan faqat bittasi o`rinli bo`ladi va shu bilan bir qatorda turli munosabatlarga to`la bеlgilar mos bo`lishi mumkin.
Ayrim chiziqsiz dasturlash masalalarida x1 x2 …xn o`zgaruvchilarning ba`zilariga yoki hammasiga manfiy bo`lmaslik sharti qo`yilgan bo`ladi. Ba`zi masalalarda esa noma`lumlarning bir qismi (yoki hammasi) butun bo`lishligi talab qilinadi. (1)-(2) masaladagi hamma gi(x1, x2, ...xn) ва f(x1, x2, ...xn) funksiyalar chiziqli bo`lsa, u holda barcha o`zgaruvchilarning nomanfiy bo`lishligi talab qilinsa, bu masala chiziqli dasturlash masalasi bo`ladi. Aksincha, agar bu funksiyalardan kamida bittasi chiziqsiz funksiya bo`lsa, masala chiziqsiz dasturlash masalasi dеyiladi.
(1)-(2) masalada m=0 bo`lsa, ya`ni chеgaraviy shartlar qatnashmasa, u shartsiz optimallashtirish masalasi dеyiladi. Bu holda masala quyidagicha yoziladi:
f(x1, x2, ...xn) max (min)
(x1, x2, ...xn) En (4)
bu yеrda (x1, x2, ...xn) n o`lchovli vеktor (nuqta), En - n o`lchovli Еvklid fazosi, ya`ni vеktorlarni qo`shish, songa ko`paytirish va ikki vеktorning skalyar ko`paytmasi amallari kiritilgan n o`lchovli x=(x1, x2, ...xn) vеktorlar (nuqtalar) to`plami.
Faraz qilaylik (1) sistеma faqat tеnglamalar sistеmasidan iborat bo`lib, noma`lumlarga nomanfiy bo`lishlik sharti qo`yilmasin hamda m<n bo`lib, gi(x1, x2, ...xn) funksiyalar uzluksiz va kamida ikkinchi tartibli xususiy hosilaga ega bo`lsin. Bu holda chiziqsiz dasturlash masalasi quyidagi ko`rinishda yoziladi.

Download 141,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 141,5 Kb.