Hujjatlar rekvizitlarini to‘g‘ri to‘ldirish qoidalari




Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/70
Sana06.05.2023
Hajmi1.68 Mb.
#57032
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   70
Bog'liq
Biznes hujjatlarini tuzish
IIKT Amaliy-2(2)-semestr, Ойлик ошгани хакида буйрук, Шахноза, Cambridge IELTS 17 [cambridgematerials], Yorug‘lik taqsimlanishini xarakterlovchi kattaliklar, A.Qaxxor asarlarida nutq va notiqlik masalalarini o`rganish.
 
1.4. Hujjatlar rekvizitlarini to‘g‘ri to‘ldirish qoidalari 
Muassasalar orasida xizmat aloqalarini amalga oshiruvchi asosiy hujjatdir. 
Xatda ko‘rsatmalar, so‘rovlar, javoblar, tushuntirishlar, xabarlar, takliflar, iltimoslar, 
kafolatlar beriladi yoki qabul qilinadi. Mazmun jihatidan turlicha bo‘lgan bunday 


19 
hujjatlar umumlashtirilgan holda xizmat xatlari, deb yuritiladi. Xizmat xatlari 
xususiyatlariga ko‘ra o‘zaro farqlanadi. Xatlarni bajariladigan vazifasiga qarab 
quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: 
1. Javob xatini talab qiluvchi xatlar: (da’vo xatlari, so‘rov xatlari, iltimos 
xatlari). 
2. Javob xatini talab qilmaydigan xatlar: (ilova xati, tasdiq xati, eslatma xati, 
axborot xati, kafolat xati va boshqalar). 
Ushbu xatlar ma’lum bir maqsadda yoziladi, masalan, kafolat xatlarida kafolat 
berish ifodalansa, ilova xatlarida xatga ilova qilinayotgan hujjatlar haqida axborot 
beriladi. Biroq, shunday xatlar ham uchraydiki, uning mazmunida ham kafolat berish, 
ham iltimos, ham eslatish ma’nolari ifodalaniladi. 
Xizmat xatlari odatda xatlar uchun tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga 
yoziladi. Maxsus bosma ish qog‘ozlari bo‘lmagan hollarda xizmt xatlari xos ish 
qog‘oziga yoki oddiy qog‘ozga yoziladi. Xat oddiy qog‘oz varag‘iga yozilsa, uning 
chap tomonidagi yuqori burchagiga xat jo‘natayotgan muassasa nomi ko‘rsatilgan 
to‘rtburchak muhr qo‘yiladi. 
Zaruriy qismlari burchakda joylashgan bosma yoki xos ish qog‘ozlarida zaruriy 
qism avval o‘zbek tilida, so‘ng rus yoki ingliz tilida beriladi. Zaruriy qismlar 
uzunasiga (bo‘yiga) joylashgan bosma ish qog‘ozlarida ular chap tomonda o‘zbek 
tilida, o‘ng tomonda rus yoki ingliz tilida beriladi. 
Zaruriy qismlari burchakda joylashgan bosma yoki xos ish qog‘ozlarida 
zaruriy qism avval o‘zbek tilida, so‘ng rus yoki ingliz tilida beriladi. Zaruriy qismlar 
uzunasiga (bo‘yiga) joylashgan bosma ish qog‘ozlarida ular chap tomonda o‘zbek 
tilida, o‘ng tomonda rus yoki ingliz tilida beriladi. 
Xizmat xatlari quyidagi zaruriy qismlarni o‘z ichiga oladi: 
1. O‘zR gerbi. 
2. Muassasaning ramziy belgi (emblema) si. 
3. Mukofotlar. 
4. Vazirlik, boshqarma nomi. 
5. Tashkilot nomi. 


20 
6. Bo‘linma nomi. 
7. Tasniflash bo‘yicha hujjatning xos raqami. 
8. Muassasaning xos raqami. 
9. Pochta, telegraf, manzili, bankdagi hisob-kitob raqami. 
10. Sanasi. 
11. Shartli raqam (indeks). 
12. Kelgan hujjat shartli raqami. 
13. Hujjatning kelish sanasi. 
14. Hujjat jo‘natilgan adres (xatni oluvchi muassasaning nomi). 
15. Munosabat belgisi (rezolyusiya). 
16. Nazorat xatida belgi. 
17. Matn sarlavhasi (xatning qisqacha mazmuni). 
18. Matn. 
19. Ilovalar haqida belgi. 
20. Imzo. 
21. Rozilik belgisi (viza). 
22. Kelishuv haqida belgi. 
23. Bajaruvchi haqida belgi va uni telefon raqami. 
24. Bajarilganligi haqida belgi. 
Xizmat xatlari imkoni boricha qisqacha bo‘lishi, biroq bu qisqalik uning aniq va 
ravshanligiga ta’sir etmasligi kerak. Qoidaga ko‘ra, xizmat xatlari bir betdan 
oshmasligi lozim. Faqat juda muhim masalalar yozilgan, bir muncha mufassal bayon 
talab qiluvchi xatlargina istisno tariqasida uch betgacha bo‘lishi mumkin. Rasmiy 
xatlarni tuzuvchi shaxs ma’lum malakaga ega bo‘lishi kerak. Rasmiy xatlarni to‘g‘ri 
va tez tuzish avvalo o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlarini shuningdek, zamonaviy 
rasmiy uslubini va unga qo‘yiladigan talablarni bilishi taqozo qilinadi.

Download 1.68 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   70




Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Hujjatlar rekvizitlarini to‘g‘ri to‘ldirish qoidalari

Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish