• RAHMONOVA D. Bayonnoma
  • E'lon, ariza tilxat ma'lumotnoma bayonnomani husnixat bilan yozish ariza




    Download 31 Kb.
    Sana05.11.2023
    Hajmi31 Kb.
    #94475
    Bog'liq
    e\'lon , ariza tilxat ma\'lumotnoma bayonnomani husnixat bilan yozish
    Qalekeshov Jasulan, Tabiiy 6, Tabiiy 1, 16305629016605575, 1-тема, Informatika to\'garak 34 soat, 9-sinf II, PQ-59 16.02.2023, Kurs ishi uchun taxminiy mavzular, e585fd81-f02f-4c15-8450-14371fc8992f, 5-21 bolalar, 5-21, 180, Adiba

    E'LON , ARIZA TILXAT MA'LUMOTNOMA BAYONNOMANI HUSNIXAT BILAN YOZISH
    ARIZA
    Ma’lum bir davlat tashkiloti, xususiy korxona, huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlari, mansabdor shaxslar nomiga iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Shikoyat mazmunidagi arizalar kelib tushgan tashkilot tomonidan tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ariza ish, o‘qish, yashash joylarida eng ko‘p qo‘llanadigan hujjatlar turiga kiradi. Ariza alohida bir shaxs yoki bir qancha kishilar tomonidan jamoa bo‘lib yozilishi ham mumkin. Bu hujjat mahalla raisiga, jamoat tashkiloti rahbariga, bog‘cha mudirasiga, maktab, litsey, kollej direktoriga, oliy o‘quv yurti rektoriga, xo‘jalik, tashkilot, korxona, muassasa boshliqlariga, tuman, shahar, viloyat hokimlari yoki respublika miqyosidagi rahbarlar, mansabdor shaxslarga yo‘llanishi mumkin. Arizalarning mazmuni va hajmi turli-tuman bo‘lsa-da, ularning barchasi uchun xos bo‘lgan umumiy zaruriy qismlar muvjud.
    Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
    – ariza yo‘llanayotgan tashkilot nomi, rahbarining lavozimi, familiyasi, ismi;
    – ariza yozuvchining ish, o‘qish yoki yashash joyi, lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
    – hujjat nomi – ariza;
    – matn (iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunidagi ariza uchun asos bo‘lgan fikr–mulohazalarning qisqagina bayoni);
    – ilova hujjatlar ro‘yxati (mavjud bo‘lsa yoki talab etilsa);
    – ariza yozuvchining imzosi, familiyasi, ismi, yozilgan sana.
    Ariza imkon qadar qisqa, ma’lumotlarga asoslangan holda, tushunarli uslubda yozilishi lozim. Ariza bevosita rahbarning o‘ziga yoki shu ishlar bo‘yicha mutasaddi kishiga topshiriladi. Arizada bayon etilgan iltimos, talab, taklif yoki shikoyat amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda muddatda hal etiladi.
    NAMUNA

    Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat


    universiteti tabiiy fanlar fakulteti talabalar
    kasaba uyushmasi byurosi rasi S.Anorovga
    shu fakultet biologiya bo‘limi I kurs rus
    guruhi talabasi Rahmonova Dildoradan


    ARIZA

    Guruhimiz talabalari bilan Prezident ta’tili paytida, ya’ni 2006-yil 28–29-dekabr kunlari mamlakatimizning qadimiy shaharlaridan Buxoro hamda Qarshi shaharlariga jamoa bo‘lib sayohatga borishni rejalashtirganmiz. Viloyat sayohat byurosi bilan kelishib, guruhimiz talabalari uchun ikki kunga 25 o‘rinli avtobus olishimizga yordamlashishingizni so‘rayman. Yo‘l xarajatlarini naqd pul bilan to‘laymiz.


    2006.19.12. imzo RAHMONOVA D.

    Bayonnoma
    Turli yig‘ilish, kеngash va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlari va ular qabul qilgan qarorlarni aniq, siqiq holda qayd qiluvchi rasmiy hujjat bayonnama deyiladi.
    Bayonnomani yozishni tashkil qilish kotibning asosiy vazifalaridan biridir. Bayonnoma oldindan tayinlangan kotiblar tomonidan tuziladi va rasmiylashtiriladi.
    Yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan bildirilgan barcha fikr-mulohazalar, tanqid va taklifiar bayonnomada yoritilishi lozim. Bu axborotlarning aniqligi, to‘liqligi uchun ma’sul hisoblangan majlis raisi va kotibi bayonnoma oxiriga imzo qo‘yadilar.
    Download 31 Kb.




    Download 31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    E'lon, ariza tilxat ma'lumotnoma bayonnomani husnixat bilan yozish ariza

    Download 31 Kb.