• Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
  • 1. Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]




    Download 211.55 Kb.
    bet1/2
    Sana29.03.2023
    Hajmi211.55 Kb.
    #47514
      1   2
    Bog'liq
    PQ-59 16.02.2023
    Qalekeshov Jasulan, Tabiiy 6, Tabiiy 1, 16305629016605575, 1-тема, Informatika to\'garak 34 soat, 9-sinf II, Kurs ishi uchun taxminiy mavzular, e585fd81-f02f-4c15-8450-14371fc8992f, 5-21 bolalar, 5-21, 180, Adiba, e\'lon , ariza tilxat ma\'lumotnoma bayonnomani husnixat bilan yozish

    

    [OKOZ:

    1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari ko‘rsatishni litsenziyalash]

    [TSZ:

    1.Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
    Qarori
    Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
    So‘nggi yillarda aholiga avtotransport xizmati ko‘rsatishni yaxshilash, jamoat transporti yo‘nalishlari tarmog‘ini kengaytirish va harakat tarkibini zamonaviy, ekologik toza avtobuslar bilan yangilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
    Xorijiy ekspertlar ishtirokida yangicha yondashuvlar asosida Toshkent shahar jamoat transportining yangi yo‘nalishlari tarmog‘i ishlab chiqildi.
    Shu bilan birga, qatnov muntazamligiga, harakat xavfsizligi va sifat talablariga rioya etilmasligi, yo‘lkira haqining tabaqalashgan tariflari mavjud emasligi, jamoat transporti harakati ustuvorligi ta’minlanmasligi jamoat transporti jozibadorligini pasaytirmoqda.
    Jamoat transportini moliyalashtirishning amaldagi tizimi harakat tarkibini tizimli ravishda yangilab borish va sohaga xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish imkonini bermayapti.
    Aholining yuqori sifatli va qulay yo‘lovchi tashish xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘liq qondirish, sohada bozor tamoyillarini joriy etish, xususan moliyalashtirish tizimi va tarif siyosatini takomillashtirish orqali xususiy sektor uchun jozibali biznes muhitini yaratish maqsadida, shuningdek, 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasiga muvofiq:
    1. Transport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining muntazam shahar avtobus yo‘nalishlarida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
    2. Muntazam shahar avtobus yo‘nalishlarida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimi doirasida shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
    avtobusda yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashuvchilar (keyingi o‘rinlarda — tashuvchilar) bilan hisob-kitoblar “bosib o‘tilgan yo‘l” va “sifat” mezonlari asosida vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi;
    yo‘lkira haqi tushumlari vakolatli davlat organi tasarrufiga o‘tkazilgan holda tashuvchilar uchun yo‘lkira haqini kunlik yig‘ish reja-topshirig‘ini belgilash amaliyoti bekor qilinadi;
    har bir avtobus yo‘nalishi bo‘yicha tashuvchilar elektron tender natijalari bo‘yicha aniqlanadi;
    tender savdolariga chiqariladigan yo‘nalish qiymatining boshlang‘ich narxi har bir avtobus yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi tashish bilan bog‘liq xarajatlar hamda rentabellikning 10 foiz miqdori inobatga olingan holda, har bir kilometr bosib o‘tiladigan masofa uchun shakllantiriladi;
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari qoshida tashuvchilar tomonidan yo‘nalish ko‘rsatkichlari bajarilishini monitoring qilish, bajarilgan ish hajmi va sifatini aniqlash hamda baholash, yo‘lkira haqi to‘lanishini va ko‘rsatilgan xizmatlar sifatini nazorat qilish uchun avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorat tizimi tashkil etiladi;
    tashuvchilar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish, avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorat tizimini saqlash, yo‘lkira haqi bo‘yicha tushumlarni jamlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarining maxsus jamg‘armalari tashkil etiladi;
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarining maxsus jamg‘armalari xarajatlari bilan ularning daromadlari o‘rtasidagi tafovut Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi;
    tashuvchilarga cheklangan tariflarda xizmat ko‘rsatishdan ko‘rilgan zararlarni hamda avtobuslarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarni Davlat budjetidan qoplab berish tartibi qo‘llanilmaydi.
    Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024-yil uchun Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda tashuvchilarga shahar avtobus yo‘nalishlarida cheklangan tariflarda xizmat ko‘rsatishdan ko‘rilgan zararlar hamda avtobuslarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar qoplab berilmasligini inobatga olsin.
    3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Transport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda:
    a) shaharlarda avtobus yo‘nalishlarining yangi tarmog‘i joriy etilishini, avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi va avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmatining bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilishini:

    Download 211.55 Kb.
      1   2




    Download 211.55 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]

    Download 211.55 Kb.