• Tovarning hayotiylik davri
  • raqobatchilar mahsulotlarini baholash bo’yicha




    Download 0,88 Mb.
    bet59/72
    Sana26.12.2023
    Hajmi0,88 Mb.
    #128546
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   72
    Bog'liq
    Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesn

    raqobatchilar mahsulotlarini baholash bo’yicha:


    • raqobatchi mahsulotlarning funktsional va iste’mol xususiyatlarini tavsiflash;


    • raqobatchilarda bahoni shakllantirish tamoyillari;


    • raqobatchilar tomonidan qo’llanuvchi sotuvni rag’batlantirish usullari;




    tadqiqot va loyihalar davomida:


    • rejalashtirilayotgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari va ularning maqsadlarini bayon qilish;


    • raqobatdosh firmalarning texnologik holati;


    • mahsulotning kelgusidagi yangi avlodlarini rivojlantirish kontseptsiyasini bayon qilish.




    Tovarning hayotiylik davri
    Mahsulot ishlab chiqarish va sotish strategiyasini ishlab chiqishga ta’sir etuvchi va o’z navbatida biznes-rejaning ushbu bo’limida hisob-kitoblarni amalga oshirishda taklif etilayotgan tovarning hayotiylik davrini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi2. Har qanday tovarning hayotiylik davri ma’lum bir qonuniyatlarga bo’ysunadi va bir qator davrlarni (bosqichlarni) o’z ichiga oladi (namoyish etish, bozorga kiritish, o’sish, to’yinish, pasayish). Tovarning hayotiylik davrining ushbu bosqichlaridan o’tish tezligi, bir vaqtning o’zida bozor tuzilmasiga ham ta’sir etuvchi bir qancha holatlarga bog’liq bo’ladi. Hayotiylik davrining bosqichlari yoki davrlari bo’yicha oldindan belgilangan va hisoblangan tovarlar harakati tadbirkor uchun o’z vaqtida mahsulot boshdan kechirayotgan bosqichga mos keluvchi qarorlarni qabul qilishga imkon yaratadi. Mahsulotga bo’lgan talabni pasayishini oldini olish yoki uni bosib o’tish bo’yicha tadbirkor qo’llashi mumkin bo’lgan vositalar juda hilma-hildir: baho, tovarni sotish usullari, uning reklamasi, ishlab chiqarish bo’linmalariga o’zgartirish kiritish va tovarni bozorga chiqarish. Bular o’z navbatida sotish xajmi va darajasiga, shu bilan birga loyihani amalga oshirishning moliyaviy natijalariga ta’sir qiladi
    Turli xil tovarlarga nisbatan hayotiylik davri uzoq muddatli, oddiy va qisqa muddatli bo’lishi mumkin. Tadbirkor uchun u ishlab chiqarishni mo’ljallayotgan tovarning hayotiylik davri haqida ishonchli ma’lumotlarni olish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning ahamiyati, ayniqsa, bozorda o’xshash yoki xuddi shunday tovarlar mavjud bo’lgan hollarda ortadi. Aks holda tadbirkor ishlab chiqqan tovarni bozorga kiritish, o’rnini bosuvchi tovarning qarish bosqichiga to’g’ri kelishi mumkin. Bunda bozorga yana taklif qilingan tovar sotilmaydi va uni ishlab chiqarishni darhol to’xtatishga to’g’ri keladi.

    Albatta, hayotiylik davrining bosqichini aniqlash juda qiyin, chunki tovarning hayotiylik davrini u tugagan taqdirdagina aniq bilish mumkin bo’ladi. Shu sababli hayotiylik davri tugagandan so’ng mazkur tovar qaysi payt qaysi bosqichda bo’lganligini aytib bera olsak, «hayot» davrida barcha hisob-kitoblar taxminiy xarakterga ega bo’ladi.

    Firmalar tovar haqiqatda o’sish bosqichida turgan bir paytda u etuklik bosqichga kirdi deb, unga e’tiborni susaytirgan hamda qo’shimcha foyda olish imkoniyatidan mahrum bo’lgan hollar ko’p kuzatilgan. Ko’pincha buning aksi ham bo’lib turadi. Tovar o’sish bosqichida deb hisoblagan firma uni o’zlashtirishga kirishadi. Tekshirib ko’rilganda esa, tovarning etuklik bosqichidan o’tganligi ma’lum bo’lib, firmaning omborlarida sotilmay qolgan mahsulotlar to’planib qoladi. Aynan shu sababli «ikkinchi to’lqin»dagi ishlab chiqaruvchilar ular ishlab chiqarishni mo’ljallab turgan tovarning hayotiylik davri bosqichini to’g’ri topa olishlari lozim bo’ladi. Bu yangi tovarlarni ishlab chiqish strategiyasini to’g’ri tanlashga imkon beradi.

    Shunday qilib, yangi tovarlarni ishlab chiqishda ishlab chiqilayotgan tovar va boshqa firmalarning o’xshash tovarlarining hayotiylik davri bosqichlarini solishtirsh muhim ahamiyat kasb etadi. Muvaffaqiyatli rivojlanish uchun har bir korxona o’sish bosqichidagi raqobatbardosh tovarlarga ehtiyoj sezadi.

    Tovar o’sish bosqichida bo’lgan va tez sotilayotgan paytda firma barcha hatti-harakatlarini uni sotishga qaratadi va ko’p hollarda kelgusi avlod tovarlarini ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo’lmaydi. Biroq, o’sish sur’ati pasayishni boshlagan paytda bu haqda o’ylash kech bo’ladi.

    Firma ishlab chiqarayotgan tovar etuklik bosqichga yaqinlashgan paytda bu tovar qarish bosqichiga kirishi bilan yangi tovarlar kirib kelishi uchun kelgusi avlod tovarlarini ishlab chiqishga kirishish lozim.

    Yuqorida aytib o’tilganlarni hisobga olgach, ishlab chiqilayotgan tovarlarning hayotiylik davrini kompleksli o’rganishning muhimligi tushunarli bo’ladi. Bunday o’rganish boshqa firmalarning o’xshash tovarlari bilan birgalikda firmaning o’z tovarlari hayotiylik bosqichini tahlil qilishni talab qiladi.

    Albatta, taqchillik sharoitlarida ko’plab tadbirkorlar asosiy e’tiborni tovarning hayotiylik davrini o’rganishga emas, balki umuman boshqa, tovarni ishlab chiqarish va bozorga etkazish bilan bog’liq muammolarni hal qilishlariga to’g’ri kelmoqda. Biroq tovarning hayotiylik davrini tahlil qilish zaruratiga e’tibor qaratmaslik ham ko’p hollarda ishlab chiqarish samaradorligining eng yuqori bo’lishiga erishishga imkon bermaydi. Eng urfga kirgan tovarlarni ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi bir qator tadbirkorlarning esa tovarning hayotiylik davri muammolariga murojaat etishi shubhasiz. Bundan tashqari, bozorga murojaat qilishga ko’pincha yangi tovarni ishlab chiqish yoki chiqarilayotgan tovarning hayotiylik davriga o’zgartirish kiritish zarurati majbur qiladi. Bozor haqida, unda ro’y berayotgan jarayonlar haqidagi axborotni marketing tadqiqotlari beradi.




    Download 0,88 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   72




    Download 0,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    raqobatchilar mahsulotlarini baholash bo’yicha

    Download 0,88 Mb.