raqobatchilar mahsulotlarini baholash bo’yicha




Download 0,88 Mb.
bet61/72
Sana26.12.2023
Hajmi0,88 Mb.
#128546
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   72
Bog'liq
Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesn

raqobatchilar mahsulotlarini baholash bo’yicha:

    • raqobatchi mahsulotlarning funktsional va iste‘mol xususiyatlarini tavsiflash;


    • raqobatchilarda bahoni shakllantirish tamoyillari;


    • raqobatchilar tomonidan qo‘llanuvchi sotuvni rag‘batlantirish usullari;


tadqiqot va loyihalar davomida:

    • rejalashtirilayotgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari va ularning maqsadlarini bayon qilish;


    • raqobatdosh firmalarning texnologik holati;


    • mahsulotning kelgusidagi yangi avlodlarini rivojlantirish kontseptsiyasini bayon qilish.




Tovarni takomillashtirish konsepsiyasi
Tovarni takomillashtirish konsepsiyasi iste’molchi e’tiborini tovarga, uning 
sifatiga va narxiga qaratishni talab etadi. Iste’molchilar o‘xshash tovarlarni sifatlarini 
boshqa firmani shunday tovarlari bilan solishtirib ko‘radilar. Bu konsepsiyani 
ko‘pincha kompaniya, firma, tashkilotlar, shuningdek, notijorat tashkilotlar ham 
ushlab turadilar. Biroq tovar konsepsiyasi muvaffaqiyat keltiravermaydi. 
Keyingi davr «sotishni (tijoratni) faollashtirish konsepsiyasi» nomini oldi. 
Bunda firmaning mahsulotini «mana tovar tayyor, kelavering va savdolashing» shiori
bilan sotishni mo‘ljallash birinchi o‘ringa chiqadi. Tovar va savdo marketinggi 
konsepsiyalari mahsulot ishlab chiqarish hali seriyali, ya’ni yalpi tus olmagan davrda 
maydonga kelgan edi. Tovarlarning yangi turlari va xillari hisobiga yuqori darajada foyda qo‘lga kiritilar edi, sababi mohiyat e’tibori bilan cheksiz talabga ega 
bo‘lgan bozorda bu tovarlarga nisbatan talab benihoya katta edi. 
XX – asrning 50 - yillarida boshqarish konsepsiyasining ilk asosini sotish hajmi, 
ishlab chiqarish va muomala xarajatlari darajasi, daromad, foyda va boshqa 
ko‘rsatkichlarni uzoq muddatli o‘zgarishlarini aniqlash tahlil qilindi. SHunga 
ko‘ra bozordagi ish faoliyatini bir yildan besh yilgacha moslashtirish ko‘zda tutilgan. 
Marketing rivoji tarixida o‘tgan asrning 50-yillari muhim bosqich bo‘ldi. 
Ortiqcha mahsulot ishlab chiqarish tangligi ko‘rinib qoldi. Marketing - ishlab 
chiqarishni bozor talabiga moslashtirish konsepsiyasi, uning asosini iste’molchiga «bozor ustunligi»ga mo‘ljal olish tashkil etdi. Marketing boshqaruvining bozor konsepsiyasi yanada rivojlandi. 
Sotuvchining vazifasiga raqobatchilarni emas, aynan xaridorlarni tovarlarni sotib olish uchun qator rag‘batlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish kiradi. Buning uchun sotuvchi o‘z mahsulotlarini reklama qilish, uning savdosini rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha xarajatlar qilishi kerak bo‘ladi. Bunday vaziyatda agar savdo va rag‘batlantirish sohasida sezilarli harakatlar amalga oshirilmasa, xaridorlar korxonaning mahsulotlarini yetarli miqdorda sotib olmaydilar, degan tasdiqqa asoslanadigan tijorat kuchlarini intensifikatsiyalash (jadallashtirish) boshqaruv konsepsiyasi (savdo konsepsiyasi) yo‘nalishi o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Ko‘plab firmalar mahsulotlarini o‘tkazishda qiyinchilikka uchragach, ushbu konsepsiyaga moslasha boshlaydilar, ularda qayta ishlab chiqarish belgilari paydo bo‘ladi. Shuning uchun bunday marketing agressiv (tajavvuzkor) marketing nomini olgan. Savdoda muammolarga uchragan kompaniyalarning maqsadi – jamiyat ehtiyojmand bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarish emas, avval ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish bo‘lib qoladi.
Tijorat ishlarini intensivlashtirish yoki sotuv konsepsiyasining asosiy maqsadi - firma ishlab chiqargan mahsulotlarni samarali sotishga yo‘naltirilgan xatti-harakatlardan iborat.
Marketingning sotuvni rag‘batlantirish, reklama, targ‘ibot, turli aksiyalar e’lon qilish orqali iste’molchilarni o‘ziga jalb etish va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni samarali sotish - konsepsiyaning falsafasidir. Har bir xaridor firmaning mijoziga aylanishi uchun marketologlar ulardan so‘rovnomalar o‘tkazish orqali tovar haqidagi fikrlarini, tovar bahosini, ularni qoniqtirishi yoki narxning yuqoriligi haqida fikrlarini inobatga olgan holda firma keyingi faoliyatini rejalashtiradilar. Ko‘p hollarda bozorni o‘rganmay mahsulot ishlab chiqargan firma bozorda to‘yinish hosil bo‘lgan tovarni ishlab chiqargani uchun sotishda qiynalib, mazkur konsepsiyani qo‘llashi kerak.
F. Kotler bu konsepsiya samarasini quyidagicha asoslaydi:

  • Xaridorlar o‘z manfaatlarini himoyalanishini biladilar.


  • Xariddan qoniqmagan xaridorlar tezda bu hissiyotni unutadilar.


  • Bunday xaridorlar o‘z fikrlarini boshqa xaridorlar bilan bo‘lishmaydi.


  • Xariddan qoniqmagan xaridor jamoat tashkilotlariga, masalan, iste’molchilar huquqini himoya qiluvchi qo‘mitaga shikoyat bilan murojaat qilmaydi, chunki chegirma bilan tovarni sotib oladi va h.k.


  • Chegirmalar va aksiyalar davrida juda ko‘p potensial xaridorlar firma mahsuloti xaridoriga aylanadilar.




Shunday bo‘lishiga qaramasdan, bu konsepsiya firma tomonidan iste’molchilar xohishi – talabi inobatga olinmasdan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishga yo‘naltirilganligi uchun uning hayotiylik davri uzoq emas.



Download 0,88 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   72




Download 0,88 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



raqobatchilar mahsulotlarini baholash bo’yicha

Download 0,88 Mb.