Blast. Uning imkoniyatlari




Download 1,19 Mb.
bet2/2
Sana14.01.2024
Hajmi1,19 Mb.
#137291
1   2
Bog'liq
blast 1

Natijalar tahlili


Oynaning yana bir pastrog’iga tushsak, mana shu har bir natija ko’rsatkichi bilan bizdagi ko’rsatkich qanday solishtirilgani ko’rsatiladi.

Birinchi qatorda bizning nukleotidlar (qizil ko’rsatkich) ikkinchi qatorda bazadagi organizm nukleotidlari (ko’k ko’rsatkich) o’zaro birma-bir solishtirib ko’rsatilgan. Yuqoridagi qizil to’rtburcha ichida 691/704 (98%) deb yozib qo’yilibdi. Bu degani solishtirilgan 704 ta nukleotiddan 691 tasi aynan bir xil va tekshirilayotgan organizm aynan mana shu tur ekanligining ehtimoli 98% degan ma’noni bildiradi.
Yuqorida biz COI genini teshirayotganimizni aytib o’tgan edik. COI geniga xos bo’lgan xususiyatlardan biri shuki, barcha organizmlarda ushbu gen tarkibida bo’shliqlar mavjud bo’lmaydi. Ya’ni DNK ning biror qismi nukleotidsiz bo’lmaydi. Qizil yumaloq aylanada esa 704 ta solishtirilgan nukleotidlar ichida bitta mana shunday gap mavjud deyilmoqda. O’sha bo’shliq (gap) pastda ko’rsatilgan. U bazadagi namunada turibdi. O’sha bo’shliq yuqorisida bizning namunada adenin (A) turibdi. Bu shundan dalolat beradiki, bizning namunadagi aynan o’sha A ortiqcha. U qayerdan paydo bo’lib qoldi? Buni ishning boshida ContigExpress Project dasturida ishlayotganimizdagi jarayondan topib olamiz. Deyarli yuqori ehtimollik bilan biz DNK zanjirini noto’g’ri o’qish natijasida uni qo’shib olgan bo’lib chiqamiz. Chunki bazadagi ma’lumotlarda bunday kamchiliklar bo’lmaydi.
Demak xulosa sifatida biz tekshirayotgan organizm Pseudorasbora parva ekanligini bilib olgan ekan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
-"Genomika asoslari"o'quv qo'llanma. Dushanova A.G, Ruziyev A.F
-"Genetika va genomika asoslari" PHD O. N. Imomov
-Khan Academy sayti
-WWW.ziyo.Uz sayti
-hujayra.uz sayti


Download 1,19 Mb.
1   2




Download 1,19 Mb.