• E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
  • Akt 11 20 guruh talabasi imomov temurbekning ta’lim nazariyasi fanidan tayyorlagan 11-amaliy ishi




    Download 62.67 Kb.
    Sana02.04.2024
    Hajmi62.67 Kb.
    #185834
    Bog'liq
    11-amaliy ish.nazariya
    1483469716 67083 (Автосохраненный), Mustaqil talim.-3, 688803-2, IMG 20221001 0002, 1-ma\'ruza (1), 463, 10-Ma\'ruza. Quyosh energiyasi, 3-Ma\'ruza. Elektr stansiyalari, iSpring Suite.-WPS Office, 22, ish joylarini tashkil etish ixtisoslashtirish va rejalashtirish , MULTIMEDIA TEXNALOGIYALARI 3 MI, o-rta-osiyo-mutafakkirlarining-matematika-sohasi-rivojida-tutgan-o-rni, Fizikadan Mustaqil ish Mirkamol, 89062

    AKT 11 20 GURUH TALABASI IMOMOV TEMURBEKNING TA’LIM NAZARIYASI FANIDAN TAYYORLAGAN

    11-AMALIY ISHI

    REJA:

    Mavzu:O’qitish jarayoniga texnologik yondashuv.

    Topshiriq: Bumerang texnologiyasi.


    Texnologiyaning maqsad - oʻquv jarayoni mobaynida tarqatilgan materiallarni oʻquvchilar tomonidan yakka va guruh holatida oʻzlashtirib olishlari hamda suhbat - munozara va turli savollar orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada oʻzlashtirilganligini nazorat qilish va baholash hamda oʻquv jarayoni mobaynida har bir oʻquvchi tomonidan oʻz baho (ball) larini egallashga imkoniyat yaratishdan iboratdir.
    Texnologiyaning qoʻllanishi – amaliy mashgʻulotlar, seminar yoki laboratoriya mashgʻulotlari hamda suhbat-munozara shaklidagi darslarda yakka tartibda, kichik guruh va jamoa shaklida foydalanishi mumkin. Mashgʻulotda foydalaniladigan vositalar. Oʻquvchi dars jarayonida mustaqil oʻqishlari, oʻrganishlari va oʻzlashtirib olishlari uchun moʻljallangan tarqatma materiallar (oʻtilgan mavzu yoki yangi mavzu boʻyicha qisqa matnlar, suratlar, ma’lumotlar).
    Mashgʻulotni oʻtkazish tartibi:
    1) oʻquvchilar kichik guruhlarga ajratiladi;
    2) oʻquvchilar dars (mashgʻulot)ning maqsadi va tartibi bilan tanishtiriladi;
    3) oʻquvchilarga mustaqil oʻrganish uchun mavzu boʻyicha matnlar tarqatiladi;
    4) berilgan matnlar oʻquvchilar tomonidan yakka tartibda mustaqil oʻrganiladi;
    5) har bir guruh a’zolaridan yangi guruh tashkil etiladi;
    6) yangi guruh a’zolarining har biri guruh ichida navbati bilan mustaqil oʻrgangan matnlari bilan axborot almashadilar, ya’ni bir-birlariga soʻzlab beradilar, matnni oʻzlashtirib olishlarishga erishadilar;
    7) berilgan ma’lumotlarni oʻzlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun guruh ichida ichki nazorat oʻtkaziladi, ya’ni guruh a’zolari bir-birlari bilan savol-javob qiladilar;
    8) yangi guruh a’zolari dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar;
    9) darsning qolgan jarayonida oʻquvchilar bilimlarini baholash yoki toʻplagan ballarini hisoblab borish uchun har bir guruhda “guruh hisobchisi” tayinlanadi;
    10) oʻquvchilar tomonidan barcha matnlar qay darajada oʻzlashtirilganligini aniqlash maqsadida oʻqituvchi oʻquvchilarga savollar bilan murojaat etadilar, ogʻzaki soʻrov oʻtkazadilar;
    11) har bir guruh a’zosi tomonidan guruhdagi matnning mazmunini hayotga bogʻlagan holda bittadan savol tuziladi;
    12) guruhlar tomonidan tayyorlangan savollar orqali savol-javob tashkil etiladi (“guruh hisobchilari” berilgan javoblar boʻyicha ballarni hisoblab boradilar);
    13) guruh a’zolari tomonidan toʻplangan umumiy ballar yigʻindisi asosida gʻolib guruh aniqlanadi.

    E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


    Download 62.67 Kb.




    Download 62.67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Akt 11 20 guruh talabasi imomov temurbekning ta’lim nazariyasi fanidan tayyorlagan 11-amaliy ishi

    Download 62.67 Kb.