|
LOY ISHIDA QO'LLANILADIGAN USULLAR
|
bet | 4/5 | Sana | 23.06.2024 | Hajmi | 6,87 Mb. | | #265248 |
Bog'liq Blue Modern Company Profile Presentation (5) (2).pdfLOY ISHIDA QO'LLANILADIGAN USULLAR:
1. Yumaloqlik-bir bo'lak loydan kaftda aylana harakatlar bilan
shar yasaladi.
2. Shar yasash, so'ngra uzunasiga harakatlar bilan uni
tuxum, ustun kabilarga aylantirish.
- Yassilash-sharikdan yassi non yasaladi, qo'lning holati
doimo o'zgarib turadi.
- Cho'zish - sharikning bir qismi cho'ziladi.
- Surish (yamash) buyumning ayrim qismlarini o'zaro
biriktirish.
May oyining mavzusi: "Asbob va anjomlar"
Hafta mavzusi:"Sopol idishlar." Rivojlantiruvchi markazlarda: Kichik guruhlarda.
Mening koʻzacham
Taʼlimiy maqsadi: Koʻza nima ekanligi tushunchasi bilan tanishish. Mening koʻzam maketini yaratish, tuvak koʻzani bir-biridan farqlash.
Tarbiyaviy maqsad: Bolalarga oʻz tanlagan kasblarini sevishlariga oʻrgatish ,oʻz ishlarini maʼsuliyat bilan ohirgacha sitqi dildan mehr berib bajarishga koʻnikma hosil qilish, va oʻrgatish. Kerakli jixozlar: loy oʻrniga yumshoq plastilin maxsus plastilinning plastmas pichiqchasi ,kichik sopol koʻzacha.
Faoliyatni olib borilishi:
»Mening koʻzacham» mavzusida videofilm va suratlar.
Bolajonlar men sizlarga loy ishidan koʻza yasashni kulolchilik kasbi bilan tanishtirib chiroyli video filmlarni ko’rishga taklif etaman. (tarbiyachi videoni qo’yib beradi, videoda turli xil figura shakldagi koʻzalar aks etadi.) Video ko’rib bo’lingandan so’ng tarbiyachi bolalarga savollar bilan muroojat qiladi:
- videodan nimalar tasvirlanibdi? Bolalar javoblari.
- koʻzani qanday yasash jarayonlari bor ekan? Bolalar javoblari.
- Insonlarga nima uchun koʻzalar kerak?
- Ular nimalardan quriladi?
Tarbiyachi bolalarni javoblarini to’ldiradi. So’ngra bolalarga kulolchilik haqida tushuncha beradi. Qaysi shaharlarimizda koʻproq kulolchilik bilan shugʻullanishadi?😘
Bolalar bilan loy ishi maketini rejalashtirish. Kelinglar sizlar bilan mana shunday koʻza yasashga harakat qilamiz. Buning uchun bizga nimalar kerak boladi. (Plastilin maxsus pichoqlar sopol koʻza
Sopol koʻzani yumshoq plastilinlar bilan shakl berib yasash.
Unga qo’shimcha qilinib, plastmassa o’yinchoqlardan ham qo’yish mumkin. Bolalar ishlarini tahlil qilish va rag’batlantirish:
Mana bolajonlar koʻza yasashni ham o’rganib oldik. Chiroyli , manzarali shaklli koʻzalar yasadik. Sizlarga yoqdimi? Menga juda yoqdi. Katta bo’lganingizda shar shu kasbni tanlasangiz albatta bundan ham chiroyli maketlarni yasaysizlar.
Kutilayotgan natija: Tarbiyalanuvchilar oʻzlari yasagan koʻzlarini faxr bilan gapirishlari,jamoada doʻstlik rishtalarini mustahkamlash,bir birlariga boʻlgan oʻzaro hurmatni shakllantirish.Men konsepsiyasini rivojlantirish oʻzlari va oʻzgalar mehnatini qadrlashga oʻrgatish
|
| |